Qurilma va simsiz router (Wi-Fi tarmoq) orasidagi masofani tekshiring.
Agar jihoz bilan simsiz router orasidagi masofa juda uzoq bo‘lsa, signal kuchi juda sust bo'ladi. Uni registratsiya qilishga uzoq vaqt ketishi yoki ilova o‘rnatilmasligi mumkin.
Smartfoningizda Mobil internet yoki Uyali internet funksiyasini o‘chiring.
Smartfonni simsiz routerga ulang.
Wi-Fi aloqasini tekshirish uchun boshqaruv panelida f belgisi yoqilganini tekshiring.
Qurilma faqat 2,4 GHz Wi-Fi tarmoqlarda ishlaydi. Tarmoq chastotasini tekshirish uchun Internet provayderingizga murojaat qiling yoki simsiz routeringiz qo‘llanmasiga qarang.
LG ThinQ tarmoq ulanishi bilan bog‘liq muammolar yoki tarmoq ulanishi natijasida yuzaga kelgan nosozliklar, ishdan chiqish yoki xatolar uchun javobgar emas.
Agar jihoz Wi-Fi tarmoqqa ulanishda muammoga duch kelsa, u routerdan juda uzoqda bo‘lishi mumkin. Wi-Fi signal kuchini yaxshilash uchun Wi-Fi repiterini (diapazonni kengaytiruvchi) sotib oling.
Wi-Fi aloqa uy tarmog‘i muhiti tufayli ulanmasligi yoki uzilishi mumkin.
Internet provayderiga qarab tarmoq ulanishi to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
Atrofdagi simsiz muhit simsiz tarmoq xizmatining sekin ishlashiga olib kelishi mumkin.
Simsiz signal uzatish bilan bog‘liq muammolar tufayli jihozni ulab bo‘lmaydi. Qurilmani elektr tarmog‘idan uzing va qayta urinishdan oldin taxminan bir daqiqa kuting.
Simsiz routerda marshrutizator yoqilgan bo‘lsa, uni o‘chiring yoki unga istisno qo‘shing.
Simsiz tarmoq nomi (SSID) ingliz harflari va raqamlari birlashmasidan iborat bo‘lsin. (Maxsus belgilardan foydalanmang.)
Smartfon foydalanuvchi interfeysi (UI) mobil operatsion tizimi va ishlab chiqaruvchiga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin.
Routerning xavfsizlik protokoli WEP qilib sozlangan bo‘lsa, tarmoq sozlanmasligi mumkin.Uni boshqa xavfsizlik protokollariga o‘zgartiring (WPA2 tavsiya etiladi) va mahsulotni qayta registratsiya qiling.