Yuqoriga > NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH > Xizmat markaziga chaqiruvdan oldin > Ishlatish

Ishlatish

Qurilma normal ishlamayapti.

Sababi

Jihozdan yongan hid va g‘alati tovushlar chiqmoqda.

Yechim
  • Qurilmani o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Sababi

Namlik darajasi past bo‘lsa ham ichki blokdan suv sizib chiqmoqda.

Yechim
  • Qurilmani o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Sababi

Quvvat kabeli shikastlangan yoki haddan ortiq qizib ketmoqda.

Yechim
  • Qurilmani o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Sababi

Vyklyuchatel, avtomat (xavfsizlik, yerga ulash) yoki saqlagich tegishli darajada ishlamayapti.

Yechim
  • Qurilmani o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Sababi

Qurilma o‘zini-o’zini tashxislash funksiyasidan xatolik kodini chiqarmoqda.

Yechim
  • Qurilmani o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Qurilma ishlamayapti.

Sababi

Qurilma elektr tarmog'idan uzilgan.

Yechim
  • Elektr shnuri rozetkaga ulanganligini yoki quvvat izolyatorlari yoqilganligini tekshiring.

Sababi

Saqlagich kuygan yoki elektr ta’minoti uzilgan.

Yechim
  • Saqlagichni almashtiring yoki avtomat o‘chib qolmaganligini tekshiring.

Sababi

Elektr toki uzilib qoldi.

Yechim
  • Elektr toki uzilganda qurilmani o‘chirib qo‘ying.

  • Elektr toki tiklanganida 3 daqiqa kuting, so‘ngra qurilmani yoqing.

Sababi

Quvvat juda yuqori yoki juda past.

Yechim
  • Avtomat o‘chib qolmaganligini tekshiring.

Sababi

Qurilma o‘rnatilgan vaqtda avtomatik tarzda o‘chib qoldi.

Yechim
  • Qurilmani yoqing.

Sababi

Simsiz masofadan boshqarish pultida joylashtirilgan batareyalarning musbat manfiy tomonlari almashib qolgan.

Yechim
  • Batareyalar simsiz masofadan boshqarish pultiga to‘g‘ri joylashtirilganligiga ishonch hosil qiling.

  • Agar batareyalar to‘g’ri joylashtirilgan bo’lsayu, qurilma hanuz ishlamasa, batareyani almashtiring va qayta urinib ko‘ring.

Qurilma sovuq havo chiqarmayapti.

Sababi

Havo tegishli ravishda aylanmayapti.

Yechim
  • Qurilmaning old qismini to‘sib qo‘yadigan pardalar, jalyuzi yoki mebel qismlari yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Sababi

Havo filtri kirlangan.

Yechim
  • Havo filtrini har 2 haftada bir marta tozalang.

  • Batafsilroq ma’lumot uchun “Havo filtrini tozalash” bo‘limiga qarang.

Sababi

Xona harorati juda baland.

Yechim
  • Yozda xona ichidagi havoni to‘liq sovutish uchun biroz vaqt talab qilinishi mumkin. Bunday holda ichki havoni tez sovutish uchun Tezkor oqim rejimini tanlang.

Sababi

Sovuq havo xonadan chiqib ketmorda.

Yechim
  • Xonadagi ventilyatsion darchalardan sovuq havo chiqib ketmayotganligiga ishonch hosil qiling.

Sababi

Kerakli harorat joriy haroratdan yuqori.

Yechim
  • Kerakli haroratni joriy haroratdan pastroq qilib o‘rnating.

Sababi

Yaqin atrofda isitish manbasi mavjud.

Yechim
  • Havo konditsioneri ishlayotgan paytda elektr isitgich yoki gaz o‘chog‘i kabi ishiqlik manbalaridan foydalanishdan saqlaning.

Sababi

Ventilyator rejimi tanlangan.

Yechim
  • Ventilyator rejimida havo xona ichidagi havoni sovutmasdan yoki isitmasdan jihozdan chiqadi.

  • Ishlash rejimini sovutish rejimiga o‘tkazing.

Sababi

Tashqaridagi harorat o‘ta yuqori.

Yechim
  • Sovutish quvvati yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Ventilyator tezligini sozlab bo’lmayapti.

Sababi

Tezkor rejim yoki Avtomatik ishlatish rejimi tanlangan.

Yechim
  • Ayrim ish rejimlarida siz ventilyator tezligini sozlay olmaysiz. Ventilyator tezligini sozlashingiz mumkin bo‘lgan ish rejimini tanlang.

Haroratni o‘zgartirib bo‘lmayapti.

Sababi

Ventilyator rejimi yoki Tezkor oqim rejimi tanlangan.

Yechim
  • Ayrim ish rejimlarida siz haroratni sozlay olmaysiz. Haroratni sozlashingiz mumkin bo‘lgan ish rejimini tanlang.

Qurilma ishlab turgan paytda to‘xtab qolmoqda.

Sababi

Qurilma kutlmaganda o‘chib qolmoqda.

Yechim
  • O‘chirish taymeri funksiyasining vaqti kelgan bo‘lib, taymer qurilmani o‘chirgan bo’lishi mumkin. Taymer sozlamalrini tekshiring.

Sababi

Ishlayotgan paytda elektr toki o‘chib qoldi.

Yechim
  • Elektr toki qayta kelishini kuting. Agar Avtomatik qayta ishga tushirish tushirish funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, elektr toki kelgandan keyin bir necha daqiqadan so‘ng oxirgi rejimda ishga tushadi.