Qurilma o‘chirilgan bo‘lsa ham ichki blok ishlayapti.
Avtomatik tozalash funksiyasi ishlamoqda.
Avtomatik tozalash funksiyasini ishlashda davom etishga qo‘yib bering, chunki u ichki blokdagi namlikni chiqarib tashlamoqda. Agar ushbu funksiyani ishlashini xohlamasangiz, ichki blokni o‘chirib qo‘ying.
Ichki blokdan tumanga o‘xshagan tutun chiqmoqda.
Sovutilgan havo tuman chiqarmoqda.
Xona harorati pasayganda ushbu hodisa yo‘qoladi.
Tashqi blokdan suv oqib chiqmoqda.
Isitish rejimida issiqlik radiatoridan kondensat suvi oqib chiqadi.
Bu oqava shlangii asos qozoni ostiga o‘rnatilishini talab qiladi. O‘rnatuvchi bilan bog‘laning.
Shovqin yoki tebranish hosil bo‘lmoqda.
Qaytaruvchi klapanning harakati tufayli qurilma ishga tushganda yoki to‘xtaganida qarsildoq ovozi eshitiladi.
Shiqillagan ovoz: Ichki blokning plastik qismlari haroratning keskin o‘zgarishi tufayli kichrayib yoki kengayganida qarsillagan ovoz chiqaradi.
Oqim yoki puflash ovozi: Bu sovutish vositasining qurilma bo‘ylab harakatining tovushi.
Ish paytida yoki undan keyin bunday shovqin normal holatdir. Bu noto‘g‘ri ishlash belgisi emas.
Ichki blokdan hid chiqmoqda.
Hidlar (masalan, sigareta tutuni kabi) ichki blokga so‘rilishi va havo oqimi bilan chiqishi mumkin.
Agar hid yo‘qolmasa, filtrni yuvish kerak. Agar bu ham ish bermasa, issiqlik radiatorini tozalash uchun xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilma issiq havo chiqarmayapti.
Isitish rejimi boshlanganda jalyuzi deyarli yopiladi va tashqi blok ishlayotgan taqdirda ham havo chiqmaydi.
Bu normal holat. Qurilma ichki blokdan puflash uchun yetarlicha iliq havo hosil bo‘lguncha kuting.
Tashqi blok Muzdan tushirish rejimida bo‘lishi mumkin.
Isitish rejimida tashqi harorat pasayganda muz va yax radiatorda hosil bo‘ladi. Muzdan tushirish rejimida radiatordagi muz qatlami olib tashlanishi kerak, bunga taxminan 15 dadida kerak bo‘ladi.
Tashqaridagi harorat o‘ta past.
Isitish quvvati yetarli bo‘lmasligi mumkin.