Yuqoriga > NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH > Xizmat markaziga chaqiruvdan oldin > Wi-Fi

Wi-Fi

Maishiy qurilmangiz va smartfoningiz Wi-Fi tarmog‘iga ulanmagan.

Sababi

Siz ulanishga urinayotgan Wi-Fi paroli xato.

Yechim
  • Smartfoningizga ulangan Wi-Fi tarmoqni toping va olib tashlang, so‘ng jihozni LG ThinQ orqali ro‘yxatdan o‘tkazing.

Sababi

Smartfoningiz uchun mobil trafik yoqilgan.

Yechim
  • Smartfoningizning Mobil trafigini o‘chiring va jihozni Wi-Fi tarmog‘i yordamida ro‘yxatga oling.

Sababi

Simsiz tarmoq nomi (SSID) xato sozlangan.

Yechim
  • Simsiz tarmoq nomi (SSID) ingliz harflari va raqamlari birlashmasidan iborat bo‘lsin. (Maxsus belgilardan foydalanmang.)

Sababi

Router chastotasi 2,4 GHz emas.

Yechim
  • Faqat 2,4 GHz router chastotasi qo’llab-quvvatlanadi. Simsiz routerni 2,4 GHz ga sozlang va jihozni simsiz routerga ulang. Router chastotasini tekshirish uchun internet provayderi yoki router ishlab chiqaruvchisiga murojaat qiling.

Sababi

Jihoz va router orasidagi masofa juda uzoq.

Yechim
  • Agar jihoz va router orasidagi masofa juda uzoq bo‘lsa, signal kuchsiz bo‘lishi va ulanish to‘g‘ri konfiguratsiya qilinmasligi mumkin. Router jihozga yaqin bo‘lishi uchun uning joyini o‘zgartiring.