U havoni tozalash filtri orqali toza va sof havo beradi.
Havoni tozalash ishini boshlash uchun PLASMA tugmasini bosing.
Agar siz bu funksiyani to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, yana PLASMA tugmasini bosing.
Agar jihoz to‘xtatilganda PLASMA tugmasi bosilsa, havoni tozalash mustaqil ravishda boshlanadi.
Plazma filtri LG tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya bo‘lib, yuqori zaryadlangan elektronlar plazmasini hosil qilish orqali qabul qilingan havodagi mikroskopik ifloslantiruvchi moddalardan xalos bo‘ladi.
Bu plazma toza va gigiyenik havoni ta‘minlash uchun ifloslantiruvchi moddalarni butunlay o‘ldiradi va yo‘q qiladi.
Bu funksiya har qanday ish rejimida ishlatilishi mumkin.
Bu funksiya ishlayotgan vaqtda istalgan ventilyator tezligini sozlash mumkin.
Bu funksiyadan faqat havoni tozalash filtri qurilmaga o'rnatilganda foydalanish mumkin.