Product

Wireless Party Link’dan foydalanish

Bir nechta karnaylarni LG XBOOM ilovasi dagi Wireless Party Link orqali ulashingiz mumkin. Wireless Party Link’dan foydalanishning ikki usuli mavjud: Dual rejim va Multi rejim.

Dual rejim

Wireless Party Link Dual rejimi bir xil modeldagi ikkita karnay bilan stereo tovushdan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Avvalo quyidagilarni tekshirib ko‘ring.

  • Bir xil modeldagi ikki ta karnay kerak bo‘ladi. (masalan, XL5T va XL5T)
  1. a Avval karnayni smartfon bilan ulang. ([Smartfonni Bluetooth orqali karnayga ulash” bo‘limiga qarang, 12-betda.)
  2. b LG XBOOM ilovasi dagi Wireless Party Link bo‘limiga bosing.
  3. c Dual rejimga bosing va ko‘rsatmalarga amal qilib yana bir karnayni ulang.
  4. d Karnaylarda Dual rejim LEDini ko‘rishingiz mumkin.
  • Asosiy karnay: Party Link LED va BT LED yonadi va Chap kanal tovushini chiqaradi.
  • Boshqa karnay: BT LED yonadi va O‘ng kanal tovushini chiqaradi.

2504.png

(Asosiy karnay)

2516.png

(Boshqa karnay)

2529.png 

Dual rejim orqali televizoringizga ulanish

  1. a Ikki karnayni Dual rejim orqali ulash uchun yuqorida keltirilgan ko‘rsatmalarga amal qiling. ([Dual rejim” bo‘limiga qarang, 19-betda.)
  2. b Asosiy karnaydagi Funksiya 2536.png tugmasini 2 soniya bosib turing. Keyin BT LED 60 soniya davomida miltillaydi.
  3. c Televizor sozlamalaridan 60 soniya ichida asosiy karnayni topib tanlang. Televizor tovushini ikki karnay orqali eshitishingiz mumkin.

2561.png

2572.png Izoh

  • Televizor bilan Dual rejimdan foydalanilganda, karnaylarni LG XBOOM ilovasi orqali boshqara olmaysiz.

Multi rejim

Wireless Party Link Multi rejimi bir nechta karnay bilan yanada kuchli tovushdan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Avvalo quyidagilarni tekshirib ko‘ring.

  • Bir nechta LG Bluetooth karnaylarini ulashingiz mumkin. (masalan, XL5T va XL7T)
  1. a Avval karnayni smartfon bilan ulang. ([Smartfonni Bluetooth orqali karnayga ulash” bo‘limiga qarang, 12-betda.)
  2. b LG XBOOM ilovasi dagi Wireless Party Link bo‘limiga bosing.
  3. c Multi rejimga bosing va funksiyani yoqing.
  4. d Yaqin atrofdagi karnaylarni qidiring va ulamoqchi bo‘lgan karnaylarni tanlang.
  5. e Karnaylarda Multi rejim LEDini ko‘rishingiz mumkin.
  • Asosiy karnay: Party Link LED va BT LED yonadi va karnay tovush chiqaradi.
  • Boshqa karnaylar: BT LED yonadi va karnaylar asosiy karnay bilan sinxron ravishda tovush chiqaradi.

2608.png

(Asosiy karnay)

2620.png

(Boshqa karnaylar)

2631.png 

2645.png

2654.png Izoh

  • Asosiy karnay faqat bitta Bluetooth qurilmasini ulaydi.
  • Bir nechta karnaylarni Dual/Multi rejimda ulashda, ko‘p telefonli juftlash ulanishi qo‘llab-quvvatlanmaydi.
  • Karnaylar o‘chirilib qayta yoqilganda, ular avtomatik tarzda qayta ulanmaydi.
  • USB funksiyasida Dual/Multi rejimda bir nechta karnaylarni ulanganda, u Bluetooth funksiyasiga o‘zgaradi.
  • Dual/Multi rejimda ulangan Bluetooth qurilmani o‘zgartirish uchun Funksiya 2663.png tugmasini 2 soniya bosib turing. Signal ovozi eshitilganda va BT LED miltillaganda, kerakli Bluetooth qurilmaga ulang.
  • Karnaylar orasidagi masofani iloji boricha yaqin tuting.
  • Tarmoq muhitiga qarab, ushbu funksiya yaxshi ishlamasligi mumkin.
  • Televizor kabi qurilmalar ekranidagi tasvir va karnaydan chiqayotgan tovush mos kelmasligi mumkin.
  • Multi rejimda bir nechta karnaylar ulanganida, Asosiy karnay va Boshqa karnaylar orasida ovoz balandligi va EQ bog‘lanishi mavjud emas.
  • Dual/Multi rejimdan foydalanilganda, Ovozni bekor qiluvchi va Kalit o‘zgartirgich funksiyasi o‘chirib qo‘yiladi.

Bir nechta karnaylarning o‘zaro ishlashi

Ushbu karnay XL7T/XL5T kabi boshqa LG Bluetooth karnaylari bilan o‘zaro ishlaydi.

Dual rejim

Bir xil model

(masalan, XL5T/XL5T)

Asosiy/Boshqa

Tovush balandligi

O

EQ

O

Yoritish

O

Avtoquvvat boshqaruvi

O

Multi rejim

Bir xil seriya

(masalan, XL5T/XL7T)

Asosiy/Boshqa

Yoritish

O

Avtoquvvat boshqaruvi

O

USBga ulanish