Ilovalarni o’rnatish
Turli ilovalarni TVga o’rnatish uchun LG hisob qaydnomangizdan foydalanishingiz mumkin.

LG Content StoreLG Content Store

  1. Masofadan boshqarish pultidagi BOSH SAHIFABOSH SAHIFA tugmasini bosing.
  2. LG Content Store ilovasini ishga tushiradi.
  3. Ekranning yuqori qismida ko‘rsatilgan Ilova va o‘yin turkumini tanlang.
    Tanlangan toifada mavjud bo’lgan ilovalar ro’yxati namoyish qilinadi.
  4. Ro’yxatdan o’rnatish uchun ilovani tanlang.
  5. Ilovaning batafsil ma’lumotlarini o’qib chiqing va keyin o‘rnatish-ni bosing.
  6. O’rnatish tugallanganda, siz ilovani darhol ishga tushirishingiz mumkin.
Mavjud toifalar mamlakat yoki xizmat holatiga bog’liq ravishda farq qilishi mumkin.
Agar TV xotirasida bo’sh joy yetarli bo’lmasa, siz ilovalarni tashqi xotira qurilmasini ulash orqali o’rnatishingiz mumkin.
Ayrim USB qurilmalari qo’llab-quvvatlanmasligi yoki to’g’ri ishlamasligi mumkin.
USB qurilmalaridagi boshqa TVlardan olingan ilovalardan foydalanib bo’lmaydi.
VOD tarkibni ko’rish
Haqiqiy vaqtlardagi oqimlashtirish bilan siz dramalar, filmlar kabilardan darhol rohatlanishingiz mumkin.
  1. Masofadan boshqarish pultidagi BOSH SAHIFABOSH SAHIFA tugmasini bosing.
  2. LG Content Store ilovasini ishga tushiradi.
  3. Ekranning yuqori qismida ko’rsatilgan toifalardan TV-SHOULAR va Filmlar kabi o’zingiz xohlagan toifani tanlang.
    Tanlangan toifada mavjud bo’lgan tarkiblar ro’yxati namoyish qilinadi.
  4. Ro’yxatdan birortasini tanlang.
  5. O‘zingiz xohlagan kontentni tomosha qilishingiz mumkin.
    Kontentni tomosha qilish uchun biror ilova talab qilinishi mumkin. Agar o‘rnatilmagan bo‘lsa, kontentni tomosha qilish uchun zarur ilovani o‘rnating.
Bu xususiyat faqat ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.
Mavjud toifalar mamlakat yoki xizmat holatiga bog’liq ravishda farq qilishi mumkin.
Kontent tafsilotini ko‘rish uchun kontent ro‘yxatidan Ma’lumotMa’lumot bandini tanlang.
Kattalar uchun mo’ljallangan tarkiblarni o’ynatish uchun yoshni tasdiqlash jarayoni talab qilinadi.