Yozib olish funktsiyalaridan foydalanish
LG webOS TV yozib olish xususiyatidan foydalangan holda televizion dastur yoki radio kanalni yozib olishingiz mumkin.
Darhol yozib olishdan foydalanish
-
USB HDD yoki USB Flesh jamlovchisini USB portiga ulang.
USB HDD-ga yozib olish tavsiya qilinadi. - Jonli eshittirishni tomosha qilish paytida tugmasini bosing.
-
Ekranning chap burchagidagi
tugmasini bosing.
-
Agar yozib olishni to’xtatmoqchi bo’lsangiz,
tugmasini bosing.
Yozib olishning diqqat talab qiladigan holatlari
Yozib olish jarayoni borayotganda yozib olish to’g’risidagi ma’lumotlarni namoyish qilish uchun tugmasini bosing.
Mamlakatingizga bog’liq ravishda tugmasining harakati farq qilishi mumkin.
Mamlakatingizga bog’liq ravishda tugmasining harakati farq qilishi mumkin.
Yozib olish davomiyligini yozib olish boshlanishidan avval o’rnatish mumkin.
Agar bir nechta USB saqlash qurilmalari ulangan bo‘lsa, so‘nggi saqlangan saqlash qurilmasi avtomatik ravishda tanlanadi.
USB qattiq diski bo’limining mavjud sig’imi kamida 1 GB bo’lishi kerak.
USB flesh diskida kamida 4 GB hajmli qism bo’lishi kerak.
Yozish vaqti USB xotira qurilmasining hajmiga bog’liq ravishda farq qilishi mumkin.
USB flesh xotirasi yozuv uchun birinchi marta ishlatilganda, TV ishlashi tekshiriladi. Siz faqat test tugagandan so’ng yozishingiz mumkin.
Tarkibni himoya qilish texnologiyasidan foydalanilganligi sababli yozib olingan videoni ShKomplar yoki boshqa TV modellarida o’ynatib bo’lmaydi. Shuningdek, TVning videosignal zanjiri almashtirilgan bo’lsa, videoni o’ynatib bo’lmaydi.
Agar hech qanday USB saqlash qurilmasi ulanmagan bo’lsa, yozuv ichki xotirada saqlanadi. Ko’proq yozuvlarni saqlash uchun USB qurilmasini ulang.
(Bu funksiya faqat ba’zi bir modellarda yoki ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.)
(Bu funksiya faqat ba’zi bir modellarda yoki ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.)
Yozib olish vaqtida USB kabelini sug’urib olmang.
Agar yozish vaqtida televizorni majburlab o’chirsangiz, yozib olingan tarkib saqlanmasligi mumkin. Televizorni o’chirishdan avval yozishni to’xtatib, dastur yozilganligini tekshirish, ayni muddao bo’lar edi.
Agar USB qurilmasi nosoz bo’lsa, Time Machine funktsiyasi to’g’ri ishlamasligi mumkin.
USB xabi yoki uzaytirma kabeldan foydalanganda USB qurilmasi yoki funktsiyasi to’g’ri ishlamasligi mumkin.
Saqlash qurilmasidan Time Machine-dan boshqa maqsadlarda ham foydalanilishi mumkinligi tufayli mavjud xotira joyi yetarli bo’lmagan hollarda yozib olish to’xtatilishi mumkin. Yetarli xotira joyiga ega bo’lgan saqlash qurilmasidan foydalanishingiz tavsiya qilinadi.
Yozib olish paytida boshqa kanallarni tomosha qilishingiz yoki boshqa funktsiyalardan foydalanishingiz mumkin.
(Bu funksiya faqat ba’zi bir modellarda yoki ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.)
(Bu funksiya faqat ba’zi bir modellarda yoki ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.)
-
Bitta sun’iy yo’ldosh signaliga ulanganda
:
Sun’iy yo’ldosh TV kanalini tomosha qilish paytida har qanday oddiy yoki kabel TV dasturini yozib olish oddiy yoki kabel TV kanaliga o’zgaradi. Oddiy yoki kabel TV kanalini yozib olish paytida sun’iy yo’ldosh TV kanalini tomosha qila olmaysiz.
Oddiy yoki kabel TV kanalini tomosha qilish paytida har qanday sun’iy yo’ldosh TV dasturini yozib olish sun’iy yo’ldosh TV kanaliga o’zgaradi. Sun’iy yo’ldosh TV kanalini yozib olish paytida oddiy yoki kabel TV kanalini tomosha qila olmaysiz. -
Ikkita sun’iy yo’ldosh signaliga ulanganda
:
Sun’iy yo’ldosh TV kanalini tomosha qilish paytida har qanday oddiy yoki kabel TV dasturini yozib olish yoki ko’rish oddiy yoki kabel TV kanaliga o’zgarmaydi. Oddiy yoki kabel TV kanalini yozib olish paytida sun’iy yo’ldosh TV kanalini tomosha qila olasiz.
Oddiy yoki kabel TV kanalini tomosha qilish paytida har qanday sun’iy yo’ldosh TV dasturini yozib olish yoki ko’rish o’zgarmaydi. Sun’iy yo’ldosh TV kanalini yozib olish paytida oddiy yoki kabel TV kanalini tomosha qila olasiz.
Modelga bog’liq ravishda sozlanadigan elementlar farq qiladi.
Yozib olish jarayoni borayotgan vaqtda ayrim funktsiyalardan foydalanib bo’lmasligi mumkin.
Analogli yozuvlar faqat ba‘zi modellarda mavjud.
Kodlangan kanallarni yozib olish vaqtida siz faqatgina o‘zingiz yozib olayotgan kanal va bepul kanallardan foydalanishingiz mumkin.
Ba’zi bir ULTRA HD modellari uchun, agar efirga uzatilayotgan dasturlarni analog rejimda yozib olish paytida ULTRA HD tarkiblari o’ynatilsa, yozib olish saqlanadi va avtomatik ravishda to’xtatiladi.
Ba’zi bir ULTRA HD modellari uchun, agar ULTRA HD-da efirga uzatilayotgan tarkib yoki dastur o’ynatilayotgan paytda analog rejimda efirga uzatilayotgan dastur yozib olinsa, kanal analog birga avtomatik ravishda o’zgartiriladi.
Matn kiritish orqali yozishda COMPONENT IN va HDMI INga ulangan kanallardagi dasturlar yozib olinmaydi.
(COMPONENT IN porti faqatgina ayrim modellardagina mavjud.)
(COMPONENT IN porti faqatgina ayrim modellardagina mavjud.)
USB qurilma bilan yozilganda Bluetooth va USB port yaxshi ishlamasligi mumkin.
Uzunligi 10 soniyadan kamroq bo’lgan yozuvlar saqlanmaydi.
Bitta diskda 600 tagacha tarkibni saqlashingiz mumkin.