TV displeyini kattalashtirish
TV displeyini kattalashtirish orqali tasvirlarni asl hajmlariga qaraganda kattaroq hajmda ko’rishingiz mumkin.
Televizor ko‘rish yoki video tomosha qilish vaqtida masofaviy boshqaruv pultidagi LIVE ZOOM tugmasini bosing.

TV ekranini masshtablashTV ekranini masshtablash

  1. Kattalashtirishdan avvalgi asl ekran qism ekranda namoyish qilinadi.
  2. Bu bosh ekranda namoyish qilingan kattalashtirilgan sohani ko’rsatadi.
  3. Kattalashtirish panelidan foydalangan holda bosh ekranni kattalashtirishingiz yoki kichiklashtirishingiz mumkin.
    Siz Magic masofaviy boshqaruv pultidagi Wheel (OK) tugmasi bilan kattalashtirish darajasini sozlashingiz mumkin.
  4. Siz tomosha qilayotgan kirish ekraniga qarab quyidagi boshqaruv tugmalari paydo bo’lishi mumkin.
    USB xotira qurilmasidagi videoni tomosha qilayotganda
    USB xotira qurilmasidagi videoni kattalashtirish orqali yozib olishni boshlashingiz mumkin.
    Batafsil ma’lumotlar olish uchun Foydalanuvchi qo‘llanmasi-da Smart TV-ning afzalliklari Masshtabli yozib olish-ni ko’ring.
    Bu xususiyat faqat ba’zi bir modellarda mavjud.
    Bu xususiyatdan faqat Magic masofadan boshqarish pulti bilangina foydalanish mumkin.
    Raqamli efirlarni tomosha qilish vaqtida yozib olish yoki Live Playback xususiyatidan foydalanayotganda
    Yozib olish yoki Live Playback progress indikatori namoyish qilinadi.
    Bu funksiya faqat ba’zi bir modellarda yoki ba’zi bir mamlakatlarda mavjud.
  5. Joriy ekranni to‘xtatib qo‘yishingiz yoki qaytadan boshlashingiz mumkin.
    Agar siz efir signalini tomosha qilish vaqtida qayta tiklashni bajarsangiz, joriy efir ekranini ko’rasiz.
  6. Joriy ekran suratini olishingiz mumkin.
    Suratga olingan tasvirlarni Fotosurat va video ilovasida ko’rishingiz mumkin.
  7. Quyi ekranni berkitishingiz mumkin.
Bu xususiyatdan chiqish va asl ekranga qaytish uchun LIVE ZOOM yoki EXIT tugmasini bosing. Siz yana masofaviy boshqaruv pultidagi BACK tugmasi bilan bu xususiyatdan chiqishingiz ham mumkin.
Agar kanalni o’zgartirsangiz yoki kattalashtirilgan ekranda boshqa ilovani ishga tushirsangiz, xususiyat yopiladi.
Bu xususiyat faqatgina Jonli TVda, Fotosurat va video ilovalaridagi tasvirlarda, Yozuvlar ilovalardagi yozuvlarda (faqatgina ma’lum mamlakatlarda foydalanish mumkin) yoki HDMI kirish rejimida qo‘llab-quvvatlanadi.
Kattalashtirilgan ekran joyini siljitish
1-usul. Bosh ekranda Magic masofadan boshqarish pultidagi ko’rsatkichni o’zingiz xohlagan joyga ko’chiring va Wheel (OK) tugmasini bosing.
Siz tanlagan joylashuv ekranning markaziga o’tadi.

Asosiy ekranda bo’lishini xohlagan joyga chertingAsosiy ekranda bo’lishini xohlagan joyga cherting


2-usul. Magic masofadan boshqarish pultidagi ko’rsatkichdan foydalangan holda qism ekrandagi kattalashtirilgan sohani o’zingiz xohlagan joyga sudrang.

Tag ekranni tortishTag ekranni tortish


3-usul. Qism ekranda Magic masofadan boshqarish pultidan foydalangan holda kattalashtirmoqchi bo’lgan sohani tanlang.

Tag ekranda bo’lishini xohlagan joyga chertingTag ekranda bo’lishini xohlagan joyga cherting

Siz yana masofadan boshqarish pultidagi YuqorigaYuqoriga / PastgaPastga / ChapChap / O’ngO’ng tugmalaridan foydalangan holda ham ekranni harakatlashtirishingiz mumkin.