Fokusli masshtab-dan foydalanish
Fokusli masshtab-dan foydalangan holda ekranning ma’lum qismlarini kattalashtirishingiz mumkin.
Masofaviy boshqaruv pultidagi FOCUS tugmasini bosib turing.

TV ekranini kattalashtirishTV ekranini kattalashtirish

  1. Bu kattalashtirilgan soha va kattalashtirilgan ko’rinishni ko’rsatdi.
    Kattalashtirilgan soha ko’rsatkichning ketidan harakat qiladi.
Fokusli masshtab-ning kattalashtirishini masofadan boshqarish pultidagi yuqoriga/pastga tugmalaridan foydalangan holda sozlashingiz mumkin.
Fokusli masshtab-ning shakli va hajmini masofadan boshqarish pultidagi chapga/o’ngga tugmalaridan foydalangan holda o’zgartirishingiz mumkin.
Masofaviy pultda Ko’kKo’k tugmasini bosish orqali Fokusli masshtab boshqaruv tugmasi yo‘riqnomasidan chiqing.
Bu xususiyatdan chiqish va asl ekranga qaytish uchun FOCUS yoki EXIT tugmasini bosing. Siz yana masofaviy boshqaruv pultidagi BACK tugmasi bilan bu xususiyatdan chiqishingiz ham mumkin.
Agar kanalni o’zgartirsangiz yoki kattalashtirilgan ekranda boshqa ilovani ishga tushirsangiz, xususiyat yopiladi.
Bu xususiyatdan faqat Magic masofadan boshqarish pulti bilangina foydalanish mumkin.
Ayrim videolar yoki xususiyatlardan foydalanilayotgan vaqtda bu xususiyat ishlamasligi mumkin.
Fokusli masshtab-ning holatini tuzatish
Tuzatmoqchi bo’lgan holatda Wheel (OK) tugmasini bosing.
Kattalashtirilgan soha holatda tuzatiladi.
Bu xususiyat videolar va efir signallari kabi harakatlanuvchi tasvirlarni faqatgina Jonli TVda, Fotosurat va video ilovalardagi tasvirlarni, Yozuvlar ilovasidagi yozuvlarda (faqatgina ma’lum mamlakatlarda foydalanish mumkin) yoki HDMI kirish rejimida qo‘llab-quvvatlaydi.
Ayrim videolar yoki xususiyatlardan foydalanilayotgan vaqtda bu xususiyat ishlamasligi mumkin.
Qo’shimcha xususiyatlardan foydalanish

TV ekranini kattalashtirishning quyi funksiyalaridan foydalanishTV ekranini kattalashtirishning quyi funksiyalaridan foydalanish

  1. Joriy ekranni to‘xtatib qo‘yishingiz yoki qaytadan boshlashingiz mumkin.
    Agar siz efir signalini tomosha qilish vaqtida qayta tiklashni bajarsangiz, joriy efir ekranini ko’rasiz.
  2. Joriy ekran suratini olishingiz mumkin.
    Suratga olingan tasvirlarni Fotosurat va video ilovasida ko’rishingiz mumkin.
Bu xususiyat faqatgina Jonli TVda, Fotosurat va video ilovalaridagi tasvirlarda, Yozuvlar ilovalardagi yozuvlarda (faqatgina ma’lum mamlakatlarda foydalanish mumkin) yoki HDMI kirish rejimida qo‘llab-quvvatlanadi.
Ayrim videolar yoki xususiyatlardan foydalanilayotgan vaqtda bu xususiyat ishlamasligi mumkin.