Yuqoriga > ISHLATISH > Qo‘shimcha opsiyalar va funksiyalar > Asosiy opsiyalardan foydalanish

Asosiy opsiyalardan foydalanish

Quyidagi asosiy opsiyalardan foydalangan holda dasturlarni sozlashingiz mumkin:

Предв. cтирка (Oldindan yuvish)

Bu opsiya kuchli darajada kirlangan yuklamalarni yuvishda tavsiya qilinadi.

  • Quvvat tugmasini bosing.

  • Yuvish dasturini tanlang.

  • Zarur hollarda Предв. cтирка (Oldindan yuvish) tugmasini bosing.

  • Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

Добавить белье (Kir qo‘shish)

Kir yuvish dasturi ishga tushganidan keyin kiyimlarni qo‘shish yoki olib tashlash uchun bu opsiyadan foydalanishingiz mumkin.

  • Quvvat tugmasini bosing.

  • Yuvish dasturini tanlang.

  • Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

  • Zarur hollarda Добавить белье (Kir qo‘shish) tugmasini bosing.

  • Eshik avtomatik ravishda ochilganda, uni oching va kerakli kirlarni qo‘shing yoki olib tashlang.

  • Eshikni yopib, Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

Izoh
  • Xavfsizlik nuqtai-nazaridan baraban ichida suv sathi yoki harorat baland bo‘lganda eshiq qulf holatda turadi. Bu vaqt davomida kiyimlar qo‘shib bo‘lmaydi.

Тaймep (Yuvishni kechiktirish)

Jihoz avtomatik ravishda ishga tushishi va ko‘rsatilgan vaqt o‘tganidan keyin siklni yakunlashi uchun bu funksiyani o‘rnatishingiz mumkin.

  • Quvvat tugmasini bosing.

  • Yuvish dasturini tanlang.

  • Zarur hollarda Тaймep (Yuvishni kechiktirish) tugmasini bosing.

  • Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

Izoh
  • Boshqaruv panelidagi Тaймep (Yuvishni kechiktirish) tugmasining LED chirog‘idan boshqa barcha LED chiroqlari 20 daqiqa ichida o‘chadi. Xarid qilingan modelga bog‘liq ravishda bu xususiyat farq qilishi mumkin.

  • Yuvishni kechiktirish dasturning boshlanishini emas, balki tugash vaqtini belgilaydi. Haqiqiy ishlash vaqti suvning harorati, kiyimlar hajmi va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.

  • Funksiyani bekor qilish uchun Quvvat tugmasini bosish lozim.

  • Bu funksiya uchun suyuq kir yuvish vositasini ishlatmang.