Qulay aqlli funksiyalar yordamida smartfon orqali jihozga ulaning.
Ushbu funktsiya LG ThinQ ilovasi orqali jihozni masofadan boshqarishga imkon beradi.
Jihozdagi sikllarda mavjud bo‘lmagan yangi va maxsus sikllarni yuklab olishingiz mumkin.
Jihozga mos bo‘lgan turli maxsus sikllarni muvaffaqiyatli ro‘yxatga olingan jihozlarga yuklab olish mumkin.
Jihoz siklni yuklab olgach, boshqa sikl yuklab olinguncha, avvalgi yuklab olingan siklni saqlab qoladi.
Jihozda bir vaqtning o‘zida faqat bitta yuklab olingan siklni saqlab olish mumkin.
Bu funksiya Очистка барабана (Barabanni tozalash) funksiyasini ishlatish uchun nechta sikl qolganini ko‘rsatadi.
Bu funksiya oxirgi ishlatilgan sikllardagi va bir oy ichidagi o‘rtacha energiya sarfini tekshirish imkonini beradi.
Ushbu xususiyat foydalanish rejimiga asoslangan qurilmadagi muammolarni aniqlash va hal qilish uchun foydali ma’lumotlarni taqdim etadi.
Jihozda va ilovada turli parametrlarni qo‘yish imkonini beradi.
Sikl yakunlanganida yoki jihozda muammolar yuz berganida smartfonda push bildirishnomalarini olish imkoniyati mavjud. Bildirishnomalar hattoki LG ThinQ ilovasi o‘chiq bo‘lsa ham ishga tushiriladi.
Quyidagi hollarda LG ThinQ ilovasidagi Qurilma kartalari > Sozlamalar > Tarmoqni o‘zgartirish ostida har bir jihozning tarmoq ma’lumotlarini yangilashingiz kerak.
simsiz router o‘zgarganida
simsiz router paroli o‘zgarganida
Internet xizmati provayderi o‘zgarganida
Mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida foydalanuvchiga oldindan ogohlantirishsiz ilovaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Rusumga bog'liq ravishda xususiyatlar o'zgarishi mumkin.