Yuqoriga > AQLLI FUNKSIYALAR > LG ThinQ ilovasi > LG ThinQ ilovasini o‘rnatish va LG jihozini ulash

LG ThinQ ilovasini o‘rnatish va LG jihozini ulash

QR kodli modellar

Smartfoningizdagi kamera yoki QR kod rideri ilovasidan foydalanib mahsulotga yopishtirilgan QR kodni skanerlang.

QR kodsiz modellar

  • Smartfonda Google Play Store yoki Apple App Store do‘konidan LG ThinQ ilovasini qidiring va o‘rnating.

  • LG ThinQ ilovasini ishga tushiring va mavjud hisobingiz bilan kiring yoki kirish uchun LG hisobi yarating.

  • LG jihozingizni ulash uchun LG ThinQ ilovasidagi qo‘shish (~) tugmasini bosing. Jarayonni yakunlash uchun ilovadagi ko‘rsatmalarni bajaring.

Izoh
  • Wi-Fi ulanishini tekshirish uchun boshqaruv panelida Wi-Fi indikatori yoqilganligini ko‘ring.

  • Bu jihoz faqat 2,4 GGs chastotali Wi-Fi tarmoqlarda ishlaydi. Tarmoq chastotasini tekshirish uchun internet-provayderingizga murojaat qiling yoki simsiz router qo‘llanmasiga qarang.

  • LG ThinQ tarmoqqa ulanish muammolari yoki tarmoqda yuzaga kelgan har qanday nosozlik, noto‘g‘ri ishlash yoki xatolarni bartaraf qilish uchun mo'ljallanmagan.

  • Atrofdagi simsiz aloqa muhiti tufayli simsiz tarmoq xizmati sekin ishlashi mumkin.

  • Agar jihoz va simsiz router orasidagi masofa juda uzoq bo‘lsa, signal kuchi pasayadi. Ulanish uzoq vaqt talab qilishi yoki o‘rnatish muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin.

  • Agar jihozlar Wi-Fi tarmog‘iga ulana olmasa, muammo jihoz rauterdan uzoqda joylashganligi sababli yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. Wi-Fi signalini kuchaytirish uchun Wi-Fi retranslyator (signal kuchaytirgich) sotib oling.

  • Internet ta'minotchisiga qarab tarmoq ulanishida muammolar yuzaga kelishi mumkin.

  • Uydagi tarmoq muhitiga qarab Wi-Fi ulanishi o‘rnatilmasligi yoki uzilib qolishi mumkin.

  • Simsiz signal uzatilishida muammo bo‘lsa, jihoz ulana olmaydi. Jihozni o‘chiring va yana urinib ko‘rishdan avval taxminan bir daqiqa kuting.

  • Agar simsiz routeringizda brandmauyer yoniq bo‘lsa, brandmauyerni o‘chiring yoki uni istisnolar ro‘yxatiga kiriting.

  • Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va raqamlar birikmasidan iborat bo‘lishi lozim. (Maxsus belgilarni ishlatmang)

  • Smartfonning foydalanuvchi interfeysi (UI) mobil operatsion tizim (OS) va ishlab chiqaruvchiga qarab farq qilishi mumkin.

  • Agar routerning xavfsizlik protokoli WEP qilib belgilangan bo‘lsa, tarmoqni sozlay olmasligingiz mumkin. Uni boshqa xavfsizlik protokoliga o‘zgartiring (WPA2 tavsiya etiladi) va jihozni yana ulang.