Yuqoriga > AQLLI FUNKSIYALAR > LG ThinQ ilovasi > Jihozdan masofadan turib foydalanish

Jihozdan masofadan turib foydalanish

Удаленный старт (Masofadan ishga tushirish)

Smartfon orqali jihozingizni masofadan boshqaring. Sikl ishlashini nazorat qilish ham mumkin, bunda sikl yakunlanguniga qadar qancha vaqt qolganligi haqida ma'lumot olasiz.

Bu funksiyadan foydalanish
  • Barabanga kiyimlarni soling.

    • Zarur bo‘lgan hollarda taqsimlagichning mos joylariga oqartirish vositasi yoki mato yumshatgich soling.

  • Quvvat tugmasini bosing.

  • Masofadan boshqarish funksiyasini yoqish uchun Удаленный старт (Masofadan ishga tushirish) tugmasini 3 soniya bosib turing.

  • Kir yuvish mashinasini ishga tushirish uchun smartfondagi LG ThinQ ilovasida birorta siklni ishga tushiring.

Izoh
  • Bu funksiya yoqilgach, smartfondagi LG ThinQ ilovasi yordamida faqat siklni ishga tushirish mumkin. Sikl ishga tushirilmasa, ilova yordamida sikl o‘chirilmaguncha yoki bu funksiya o‘chirib qo‘yilmaguncha ilova masofadan ishga tushirish buyrug‘ini kutib turadi.

  • Agar eshik ochiq bo‘lsa, siklni masofadan ishga tushira olmaysiz.

Bu funksiyani qo‘lda o‘chirib qo‘yish

Bu funsiya faollashtirilganda Удаленный старт (Masofadan ishga tushirish) tugmasini 3 soniya bosib turing.