Ovozni tanishdan foydalanish
Siz matn oynasiga so'zlarni kiritish uchun ovozni tanish funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.
Agar TVda ekran klaviaturasi ko'rsatilgan paytda Magic masofadan boshqarish pultidagi Mic-ni bossangiz, matnni ovozingiz bilan kiritishingiz mumkin.
Internetdan foydalanishga misol
  1. Veb-brauzerni ishga tushiring. Virtual klaviaturani ochish uchun Magic masofadan boshqarish pulti ko'rsatkichini veb-saytdagi matn maydoniga olib boring.
  2. Magic masofadan boshqarish pultidagi Mic tugmasini bosing.
  3. Ovozni tanish ma'lumotlarini namoyish qilish oynasi quyida ko'rsatilgani kabi paydo bo'lganida buyruqni aniq qilib va sekin ayting.

    Voice Recognition

  4. Ovozni tanish yakunlanganidan keyin quyida ko'rsatilgani kabi ovozni tanish natijalari ro'yxati namoyish qilinadi. Agar siz o'zingiz xohlagan natijani olmasangiz, qaytadan urinish uchun Qayta urinish tugmasini bosing. Natijani tanlang va u matn oynasida paydo bo'ladi. O'zingiz xohlagan natijani olish uchun veb-saytdagi Qidirish tugmasini bosing.
  5. Voice Recognition-result

Ko'rsatilgan tasvir televizoringizdan farq qilishi mumkin.
Ovozni tanish funksiyasidan foydalanishdan avval tarmoq ulanishini tekshiring.
Ovozni tanish tilini HomeSettingsUmumiyTilOvozni tanish tili-da o'zgartirish mumkin.
Ovozni tanish darajasi foydalanuvchining o'ziga xos xususiyatlari (ovozi, talaffuzi, urg'usi va tezligi) va muhitga (shovqin va televizor ovozi balandligi) bog'liq ravishda farq qilishi mumkin.
Ovozni tanish aniqligini yaxshilash uchun Magic masofadan boshqarish pulti mikrofonidan 10 smga yaqin masofadan turgan holda aniq qilib va baland ovozda gapirishingiz kerak.
Ovozni tanish funksiyasidan ID, parol va URL kabi elementlar uchun matn oynalarida foydalanib bo'lmaydi.