Muammo to'g'risida hisobot berishdan avval
Agar siz mahsulotdan foydalanish vaqtida quyidagi muammolardan birortasiga duch kelsangiz, quyidagilarni tekshiring: Mahsulot bilan bog'liq muammo bo'lmasigi mumkin.
G'alati ishlashi
| Muammo |
Yechim |
| Ba'zi bir dasturlarni ko'ra olmayapman. |
- Antenna holati yoki yo'nalishini o'zgartiring.
- Avtomatik sozlash yoki dasturni tahrirlash-da kerakli dasturni saqlang.
|
| Qurilma yoqilgandan keyin ma'lum vaqt ekran namoyish qilinmaydi. |
- Bu qurilmani yoqish vaqtida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday xalaqitlarni bartaraf qilish uchun xalaqitlarni olib tashlash jarayoni mavjudligi tufaylidir. Bu mahsulotning nuqsonli ekanligini bildirmaydi.
|
| [EU] SCART chiqish signali normal emas. |
- Multimedia fayllarini o'ynatish uchun ilova fonda ishlayotgan bo'lganda SCART chiqishi mavjud bo'lmasligi mumkin.
|
Ekran muammolari
| Muammo |
Yechim |
| Ekran ustma-ust tushadi yoki barcha dasturlarda, yoki ma'lum dasturda polosali tasvirlar namoyish qilinadi. |
- Antennani efirga uzatish stansiya tomonga qarating yoki antennani "Antennani qanday ulash kerak" bo'limiga ko'ra to'g'ri ulang.
|
| Vertikal/gorizontal chiziqlar va to'rli rasm namoyish qilingandan keyin ekran tebranadi. |
- Simsiz telefonlar, soch quritgichlar, elektron parmalar kabu qurilmalardan foydalanishni to'xtating. Bu muammo boshqa televizor kabi boshqa qurilmalar yoki kuchli elektromagnit manbalari tomonidan hosil qilinadi.
|
| Raqamli kanal to'xtaydi yoki uning ekrani buzilgan. |
- Bu signal kuchsiz yoki ulanish barqaror bo'lmaganda sodir bo'ladi. Antenna yo'nalishini o'zgartiring yoki kabel ulanishini tekshiring.
- Agar Qo'lda sozlash-da signal kuchi juda past bo'lsa, signallarni tekshirishlari uchun efirga uzatish stansiya yoki boshqaruv ofisiga murojaat qiling.
|
| Garchi men kabelli televideniyedan foydalanyotgan bo'lsam ham raqamli ko'rsatuvlarni ko'ra olmayapman. |
- Kabelli televideniye xizmati ta'minotchisi bilan obuna ma'lumotlaringizni tekshiring yoki signalni tekshirishlarini so'rang.
(Ayrim mahsulotlar raqamli ko'rsatuvlar bilan ta'minlamaydi.)
|
| HDMI kabelidan foydalanganda ekranda hech qanday tasvir yo'q yoki tasvir buzilgan. |
- HDMI® kabelining talab qilingan standartlarga javob berishini tekshiring. Agar u sertifikatga ega bo'lmagan HDMI® kabeli bo'lsa, ekran miltillashi yoki hech narsani namoyish qilmasligi mumkin.
- Kabelning to'g'ri ulanganligini tekshiring. Noto'g'ri ulanish ekranning miltilashiga olib kelishi mumkin.
|
| Men USB qurilmasini ulaganimda u ishlamayapti. |
- USB va USB kabelining 2.0 yoki undan balandroq versiyada ekanligini tekshiring.
|
Ovoz muammolari
| Muammo |
Yechim |
| Ekran yaxshi, biroq hech qanday ovoz chiqmayapti. |
- Boshqa dasturni sinab ko'ring.
- Ovoz chiqishi-ning TV dinamiki-ga o'rnatilganligini tekshiring.
|
| Analog dasturda stereo ovoz tiniq emas yoki dinamiklardan biridan ovoz chiqmayapti. |
- [Faqat ko'p ovozli efir signallari qo'llab-quvvatlanadigan mamlakatlar uchun qo'llaniladi.]
Agar siz xizmat ko'rsatish doirasidan tashqarida bo'lsangiz yoki ko'p ovozli efir signallari barqaror bo'lmasa, Multi-audio-da Mono-ni tanlang.
- Balans-da Yo'naltiruvchi tugma bilan balansni kerakli darajaga sozlang.
|
| Televizor ovozi rasm bilan sinxronlashmagan yoki ba'zi vaqtlarda ovoz uzilib qolayapti. |
- Agar bu faqat ayrim dasturlar uchun sodir bo'lsa, bu efirga uzatuvchi kompaniyaning signallarni uzatishi tufayli yuz berayotgan bo'lishi mumkin. Efirga uzatish xizmatlari ta'minotchingiz (simli/kabelli) tomonidan muammoni tekshirtiring.
|
| Dasturni o'zgartirganimda ovoz balandligi o'zgarayapti. |
- Turli efirga uzatish stansiyalarining uzatilayotgan signallari uchun ovoz balandliklari turlicha bo'lishi mumkin.
- Avtomatik ovoz balandligi-ni Yoqish-ga o'rnating.
|
Ayrim dasturlarda ovoz ishlamayapti yoki faqat fon musiqasi o'ynatilayapti. (Efirga uzatish kompaniyalar tomonidan eksport uchun yaratilgan dasturlar) |
- TilAudio tili-da o'zingizning til afzalliklaringizni o'rnating.
|
| HDMI/USB portiga ulaganimda ovoz o'ynatilmayapti. |
- Yuqori tezlikdagi HDMI® kabelidan foydalanayotganligingizga ishonch hosil qiling.
- USB va USB kabelining 2.0 yoki undan balandroq versiyada ekanligini tekshiring.
- Oddiy musiqa faylidan (*.mp3) foydalaning.
|
SHK ulanishi muammolari
| Muammo |
Yechim |
| U SHKga ulanganda ekranda hech narsa namoyish qilinmayapti. |
- SHKning televizorga to'g'ri ulanganligini tekshiring.
- Masofadan boshqarish pultidan foydalangan holda televizorni o'chirib yoqing.
- Televizor yoniq bo'lgan holda SHKni qayta ishga tushiring.
- Joriy ekran tasvir aniqligining SHK kiritishini qo'llab-quvvatlashini tekshiring.
- Ikkita monitordan foydalanish uchun SHK yoki noutbukning ikkita monitor rejimini qo'llab-quvvatlashini tekshiring.
- HDMI kabelini qaytadan ulang.
|
| SHK HDMI kabel bilan ulanganda ovoz chiqmayapti. |
- HDMI audio chiqishini tekshirish uchun video kartangiz ishlab chiqaruvchisiga murojaat qiling.
(DVI formatidagi fayllar bilan foydalanish uchun mo'ljallangan video kartalar audio kabeli bilan alohida ulanishni talab qiladi.)
|
| U SHKga ulanganda ekran qirqilgan yoki bir tomonga siljigan holatda bo'ladi. |
- SHK kiritishini qo'llab-quvvatlovchi tasvir aniqligini o'rnating.
(Tasvir aniqligini o'zgartirgandan keyin SHKni o'chirib yoqing.)
|
SmartShare Kinoni o'ynatish muammolari
| Muammo |
Yechim |
| Videolar-dan faylni topa olmayapman. |
- USB saqlash qurilmasidagi fayllarning SHK tomonidan o'qilishi mumkinligini tekshiring.
- Fayl kengaytmasi qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
|
| "Bu fayl qo'llab-quvvatlanmaydi" degan xabarni oldim yoki ovoz yaxshi o'ynatilayapti, biroq video yaxshi o'ynatilmayapti. |
- SHKdagi video pleyerda faylning hech qanday muammosiz o'ynatilishini tekshiring. (Faylning buzilmaganligini tekshiring)
- Tasvir aniqligining qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
- Video/audio kodekning qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
- Kadrning qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
|
| "Bu audio qo'llab-quvvatlanmaydi" degan xabarni oldim yoki video yaxshi o'ynatilayapti, biroq audio yaxshi o'ynatilmayapti. |
- SHKdagi video pleyerda faylning hech qanday muammosiz o'ynatilishini tekshiring. (Faylning buzilmaganligini tekshiring)
- Audio kodekning qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
- Ma'lumotlarni uzatish tezligining qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
- Namunalarni olish tezligining qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
|
| Men subtitrlarni ko'ra olmayapman. |
- SHKdagi video pleyerda faylning hech qanday muammosiz o'ynatilishini tekshiring. (Faylning buzilmaganligini tekshiring)
- Video va subtitr fayllarining bir xil nomga egaligini tekshiring.
- Yana video va subtitr fayllarining bitta papkada ekanligini tekshiring.
- Subtitr formati qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
- Tilning qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
(Faylni Bloknotda ochish orqali subtitr fayli tilini tekshirishingiz mumkin.)
|
Smart funksiyalari
| Muammo |
Yechim |
| Menyuga kirganimda "Yuklanmoqda..." xabari doimo namoyish qilinadi. |
- Yuklanmoqda... xabari CPU va apparat vositalarning ishga tushirish vaqti, tarmoq aloqasini o'rnatish yoki SDP bilan aloqa (qurilmaning haqiqiyligini tekshirish va asosiy ma'lumotlarni yuklab olish) vaqtini ko'rsatadi. U odatda taxminan 20 soniya vaqtni oladi.
|
Tizimga kirish jarayoni
| Muammo |
Yechim |
| Men televizorda allaqachon ro'yxatdan o'tganman. Men veb-saytda (www.lgappstv.com) ham yana ro'yxatdan o'tishim kerakmi? |
- Agar siz allaqachon televizorda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, veb-saytda ro'yxatdan o'tishingiz shart emas.
O'sha ID va paroldan foydalanish va elektron pochta orqali tasdiqlash jarayonini tugallash uchun qo'shimcha ma'lumotlarni kiritish bilan veb-saytga kirishingiz mumkin.
|
| Oila a'zolari bitta televizorda turli ID-lardan foydalanishlari mumkinmi? |
- Ba'zi bir ID-larni TV-da ro'yxatga olishingiz mumkin.
|
| ID-imni unutib qo'ydim. Nima qilishim kerak? |
- Agar siz kompyuterda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, ID-ingizni veb-saytdan (www.lgappstv.com) topishingiz mumkin.
|
Ayrim mamlakatlarda veb-saytga kirish cheklangan bo'lishi mumkin.
Tarkib muammosi
| Muammo |
Yechim |
| Men Bosh ekranimda hech qanday tarkibni ko'ra olmayapman. |
- Agar xizmat mamlakati parametri o'zgartirilgan bo'lsa, siz tarkibni ko'ra olmasligingiz mumkin.
 UmumiyJoylashuvLG Xizmatlari mamlakati-da xizmatdan foydalanmoqchi bo'lgan xizmat mamlakatiga o'zgartiring.
|
Internet brauzeri
| Muammo |
Yechim |
| Internetdan foydalanayotganimda ma'lum veb-saytning ma'lum qismlari ko'rinmaydi. |
- Veb-brauzer-da quyidagilardan boshqa formatdagi media fayllarini o'ynatib bo'lmasligi mumkin:
JPEG/PNG/GIF
|
| Men veb-saytga tashrif buyurganimda internet brauzer avtomatik ravishda yopiladi. |
- Agar mavjud xotira hajmi veb-saytdagi tasvir ma'lumotlarini joylashtirish uchun yetarli bo'lmasa, internet brauzer majburiy ravishda yopilishi mumkin.
|
Mahsulot bilan bog'liq muammolar uchun xaridorlarga xizmat ko'rsatish ma'lumotlari televizorda

UmumiyUshbu TV haqida-da mavjud.