Turli yozib olish funksiyalaridan foydalanish
LG Smart TV bilan siz turli yozib olish funksiyalaridan foydalanishingiz mumkin.
Darhol yozib olishdan foydalanish
- Ko'rayotgan narsangizni darhol yozib olish uchun Magic masofadan boshqarish pultidagi tugmasini bosing va namoyish qilinadigan jarayonning borishi panelidagi Yozib olmoq tugmasini bosing.
- Yozib olmoq tugmasi yozib olish jarayoni borayotgan vaqtda Yozib olishni to'xtatish tugmasiga o'zgaradi.
Ishlatilgan tarkibni himoya qilish texnologiyasi tufayli yozib olingan videoni ShKlar yoki TV modellarida o'ynatib bo'lmaydi.
Shuningdek, TVning video zanjiri o'zgartirilsa, videoni o'ynatib bo'lmaydi.
Yozib olish boshlanishidan oldin yozib olish vaqtini o'rnatishingiz mumkin va yozib olish paytida, Yozib olmoq tugmasini tanlash orqali vaqtni o'zgartirishingiz mumkin.
Yozish vaqti USB saqlash qurilmasining hajmiga bog'liq bo'lib farq qilishi mumkin.
Agar bir nechta USB saqlash qurilmalari ulangan bo'lsa, so'nggi saqlangan saqlash qurilmasi avtomatik ravishda tanlanadi.
[Bu xususiyat faqat ma'lum mamlakatlarda mavjud.]
Agar hech qanday USB saqlash qurilmasi ulanmagan bo'lsa, yozuv ichki xotiraga saqlanadi. Ko'proq yozuvlarni saqlash uchun USB qurilmasini ulang.
Agar hech qanday USB saqlash qurilmasi ulanmagan bo'lsa, yozuv ichki xotiraga saqlanadi. Ko'proq yozuvlarni saqlash uchun USB qurilmasini ulang.
Yozib olish jarayoni borayotganda yozib olish to'g'risidagi ma'lumotlarni namoyish qilish uchun tugmasini bosing.
Mamlakatingizga bog'liq ravishda tugmasining harakati farq qilishi mumkin.
Yozib olish vaqtida USB kabelini sug'urib olmang.
Agar yozish vaqtida televizorni majburlab o'chirsangiz, yozib olingan tarkib saqlanmasligi mumkin. Televizorni o'chirishdan avval yozib olishni to'xtatib, dastur yozganligini tekshirish, ayni muddao bo'lar edi.
Yozib olishni to'xtatish uchun jarayonning borishi polosasidagi Yozib olishni to'xtatish tugmasiga cherting yoki Masofadan boshqarish ekranida Yozib olishni to'xtatish-ni tanlang.
Agar dastur ma'lumotlari seriyalarni yozib olish mumkinligini ko'rsatsa, bildirishnoma xabari namoyish qilinadi. Agar seriyalarni yozib olmoqchi bo'lsangiz, shu opsiyani tanlang.
Yozuvlarni rejalash
Bu funksiyadan ma'lum dasturni yozib olish vaqti va sanasini o'rnatish uchun foydalaniladi.
-ni bosing va keyin ekranning quyi o'ng tomonidagi
-ga cherting. Siz TV qo'llanmasi yoki Time Machine ilovasini tanlash orqali yozib olishni rejalashtirishingiz mumkin.
-ni bosing va keyin ekranning quyi o'ng tomonidagi
-ga cherting. Siz TV qo'llanmasi yoki Time Machine ilovasini tanlash orqali yozib olishni rejalashtirishingiz mumkin. | Dastur bo'yicha rejalashtirish | Qo'lda rejalashtirish |
| [Raqamli ko'rsatuvlar uchun qo'llaniladi.] Uni ko'rish yoki yozib olishga rejalash uchun siz shouni tanlashingiz mumkin. |
Siz dasturlarni ko'rish yoki yozib olish uchun sana, vaqt va dasturni tanlashingiz mumkin. |
Yozib olishlarni rejalash uchun Time Machine ilovasidan foydalanganda faqat Qo'lda rejalash opsiyasidan foydalanish mumkin. Dastur ma'lumotlarini tekshirish va yozib olishni rejalash uchun TV qo'llanmasi ilovasini tanlang.
Rejalashtirilgan yozib olish uzunligi kamida 2 daqiqa bo'lishi kerak.
Seriyalarni yozib olish
[Bu xususiyat faqat ma'lum modellar va mamlakatlardagina mavjud.]
Seriyalarni yozib olish funksiyasidan dastur ma'lumotlarini namoyish qilish oynasida seriyalar to'g'risidagi qo'llash mumkin bo'lgan ma'lumotlar mavjud bo'lgan hollarda foydalanish mumkin. Seriyalarni yozib olish funksiyasidan siz tanlagan dasturning har bir epizodini avtomatik yozib olish uchun foydalaniladi.
Agar dastur ma'lumotlarida dastur seriyaning bir qismi ekanligi aytilsa, TVni tomosha qilayotgan yoki Yozib olingan seriyalar TV jarayoni borayotgan vaqtda siz TV qo'llanmasi-dagi Darhol yozib olish-dan foydalanish orqali Seriyalarni yozib olish-ni o'rnatishingiz mumkin.

Yozib olingan seriyalarni o'ynatish uchun Time MachineYozib olingan seriyalar-ni tanlang. Keyin siz yozib olingan seriyalarni ko'rishingiz mumkin.
Bu funksiyalardan foydalanish uchun mintaqangiz va tarmoq sharoitlaringizni tekshiring.
Ko'rish va Yozib olishdan foydalanish
[Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
Bu xususiyat sizga boshqa dasturni ko'rish vaqtida dasturni yozib olishingizga imkon beradi.
Bu xususiyat sizga boshqa dasturni ko'rish vaqtida dasturni yozib olishingizga imkon beradi.
[Raqamli ko'rsatuvlar uchun qo'llaniladi.]
Bu xususiyatdan hattoki tashqi qurilmadan tarkibni ko'rish yoki smart funksiyasidan foydalanish vaqtida ham foydalanish mumkin.
Bu xususiyatdan hattoki tashqi qurilmadan tarkibni ko'rish yoki smart funksiyasidan foydalanish vaqtida ham foydalanish mumkin.
Siz bir vaqtda analog dasturni ko'ra va yozib ola olmaysiz. Analog dasturni yozib olish vaqtida dasturni o'zgartirsangiz, siz avtomatik ravishda raqamli efirga uzatishga o'tkazilasiz.
Yozib olish vaqtida nimalarni yodda tutish lozim:
Yozib olish jarayoni borayotgan vaqtda ayrim funksiyalardan foydalanib bo'lmasligi mumkin.
Modelga bog'liq ravishda opsiyalar farq qilishi mumkin.
Kirish orqali yozib olish vaqtida Komponent va HDMI-ga ulangan dasturlar yozib olinmaydi.
TV orqali tashqi qattiq diskka yozib olingan tarkib xavfsizlik maqsadlarida SHKda o'ynatilmasligi mumkin.
USB flesh diskidan foydalanib bo'lmaydi.
Agar USB qurilmasi nosoz bo'lsa, Time Machine funksiyasi to'g'ri ishlamasligi mumkin.
USB xabi yoki uzaytirma kabeldan foydalanganda USB qurilmasi yoki funksiyasi to'g'ri ishlamasligi mumkin.
Saqlash qurilmasidan Time Machine-dan boshqa maqsadlarda ham foydalanilishi mumkinligi tufayli mavjud xotira joyi yetarli bo'lmagan hollarda yozib olish to'xtatilishi mumkin. Yetarli xotira joyiga ega bo'lgan saqlash qurilmasidan foydalanishingiz tavsiya qilinadi.