Live Playback (Haqiqiy vaqtlardagi o'ynatish) nima?
U TV ko'rish vaqtida o'tkazib yuborgan bo'lishingiz mumkin bo'lgan istalgan sahnani o'ynata olishingiz uchun o'zingiz hozirda ko'rayotgan dasturni USB qurilmasiga vaqtinchalik saqlash uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan funksiyadir. Ushbu funksiya ma'lum vaqt tashqariga chiqqan hollaringizda ko'rsihni avvalroq kelgan joyingizdan davom ettirishingizga imkon beradi.
Tashqi qattiq diskni ulagandan keyin Live Playback funksiyasidan foydalanish uchun Live Playback rejimini Yoqish-ga o'rnatishingiz kerak.
Home-ni bosing va keyin Bosh sahifaning quyi o'ng tomonidagi Home_right-ni bosing. Time Machine ilovasini ishga tushirganingizdan keyin siz Live Playback-ni o'rnatishingiz mumkin.
Ikki yoki undan ortiq qattiq disklar televizorga ulangan holda Live Playback bilan foydalanilishi kerak bo'lgan qurilmani tanlang.
USB flesh diskidan foydalanib bo'lmaydi.
[Bu opsiyalar modelga bog'liq ravishda farq qilishi mumkin.]
Undan analog yoki raqamli ko'rsatuvlarda va Kirish rejimida foydalanish mumkin.
Live Playback funksiyasi bilan dasturni ikki soatgacha bo'lgan vaqtga qayta o'ynatishingiz mumkin. Bu vaqt mintaqangizga bog'liq ravishda farq qilishi mumkin.
Agar siz ularni yozib olmasdan televizorni o'chirsangiz, Live Playback rejimida saqlangan videolar o'chirib yuboriladi.
Agar USB saqlash qurilmasida yetarli joy qolmayotgan bo'lsa, Live Playback to'g'ri ishlamasligi mumkin. Live Playback funksiyasidan foydalanish uchun USB saqlash qurilmasida kamida 20 GB bo'sh joy borligiga ishonch hosil qiling.
Live Playback (Haqiqiy vaqtlardagi o'ynatish) funksiyasidan foydalanish
O'zingiz ko'rayotgan videoni orqaga yoki oldinga aylantirish uchun jarayonning borishi polosasidagi joriy nuqtadan avvalgi nuqtani tanlagani ko'rsatkichdan foydalaning.