TV dinamiklari orqali tinglash
HomeSettingsOvozOvoz chiqishiTV dinamiki
TV dinamiki ovozni o'ynatadi.
Optik raqamli yoki HDMI (ARC) portiga ulangan dinamiklar orqali tinglash
[Faqat optik raqamli yoki HDMI (ARC) portiga ega bo'lgan modellarda mavjud.]
HomeSettingsOvozOvoz chiqishiTashqi dinamik (Optik/HDMI ARC)
Optik raqamli yoki HDMI (ARC) portiga ulanagan dinamiklar televizor ovozini o'ynatadi.
SIMPLINK qo'llab-quvvatlanadi.
LA965, LA97, LA98 va LM96 modellari ARC-ni qo'llab-quvvatlamaydi.
Raqamli ovoz chiqarishni o'rnatish
[Tashqi dinamik (Optik/HDMI ARC) bilan mavjud.]
[LA965, LA97, LA98 va LM96 modellari ARC-ni qo'llab-quvvatlamaydi.]
HomeSettingsOvozOvoz chiqishiRaqamli ovoz chiqarish
Siz Raqamli ovoz chiqarish parametrlarini o'zgartirishingiz mumkin.
Ovoz kirishi Raqamli ovoz chiqarish
Avto MPEG PCM
Dolby Digital Dolby Digital
Dolby Digital Plus Dolby Digital
HE-AAC Dolby Digital
DTS DTS
DTS Express PCM
DTS-HD MA PCM
PCM Barchasi PCM
LG Audio qurilmasini ulash
LG audio qurilmasi boy qudratli ovozdan osongina rohatlanishingizga imkon beradi.
Simli ulanish
HomeSettingsOvozOvoz chiqishiLG optik ovoz mosligi (Sound Sync)
Raqamli audio chiqish portiga Sound Sync bo'lgan LG audio qurilmasini ulang.
Faqat optik raqamli portiga ega bo'lgan modellar uchungina mavjud.
Simsiz ulanish
HomeSettingsOvozOvoz chiqishiLG Ovoz sinxronlanishi (Simsiz)
Raqamli audio chiqish portiga Sound Sync bo'lgan LG audio qurilmasini ulang.
Ko'proq qurilmalarni ko'rsatish/Qurilma Tanlash-ni tanlash orqali siz mavjud qurilmalar yoki ulangan qurilmalarni ko'rishingiz mumkin.
Televizorning masofadan boshqarish pultidan siz ulangan qurilma ovoz balandligini o'zgartirish uchun foydalanishingiz mumkin.
Agar model Magic masofadan boshqarish pulti adapterini talab qilsa, simsiz ulaganda ulashdan avval adapterni biriktiring.
Agar simsiz ulayotgan vaqtingizda qurilma ulanishi xatolikka uchrasa, qurilma quvvatini tekshiring va LG Audio qurilmasining yaxshi ish holatida ekanligiga ishonch hosil qiling.
Agar LG Ovoz sinxronlanishi (Simsiz)-ni tanlasangiz, TV ulangan qurilmaga avtomatik ravishda ulanishga urinib ko'radi.
Agar televizor yoqilganda LG Ovoz sinxronlanishi (Simsiz) tanlansa, televizor avtomatik ravishda uni qidiradi va so'nggi ulangan qurilmalarga ulanishga harakat qiladi.
Bluetooth garnituralarini ulash
HomeSettingsOvozOvoz chiqishiLG Ovoz sinxronlanishi (Simsiz)
Televizor ovozi Bluetooth garnituralari orqali chiqariladi.
Quyidagi qurilmalar qo'llab-quvvatlanadi:
LG BTS1, LG HBS-600, LG HBS-700, LG HBS-730, LG HBS-750, LG HBS-800 va LG HBS-900 (mintaqaga bog'liq ravishda sotuvda mavjud bo'lgan modellar farq qilishi mumkin).
Agar model Magic masofadan boshqarish pulti adapterini talab qilsa, simsiz ulaganda ulashdan avval adapterni biriktiring. (AN-MR400 xab, alohida sotiladi)
Agar simsiz ulayotgan vaqtingizda qurilma ulanishi xatolikka uchrasa, qurilma quvvatini tekshiring va uning ulanishi mumkinligiga ishonch hosil qiling.
Agar ikki yoki undan ortiq qurilmalar aniqlansa, avval birinchi aniqlangan qurilma ulanadi. Ulash uchun ko'proq aniqlangan qurilmalarni ko'rish [Ko'proq qurilmalarni ko'rsat]-ga cherting.
Tashqi dinamik (Audio chiqishi)/Naushnikdan foydalanish
[Bu opsiya faqat ayrim modellarda mavjud.]
HomeSettingsOvozOvoz chiqishiTashqi dinamik (Audio chiqishi) / Naushnik
Ulangan qurilmaga bog'liq ravishda ovoz Naushnik yoki Tashqi dinamik (Audio chiqishi) orqali chiqariladi.
Ayrim modellar faqat Naushnik-ni qo'llab-quvvatlashi mumkin.
Agar siz televizor yoqilgan holatda naushniklarni ulasangiz, u ulangan naushnikni avtomatik ravishda aniqlaydi va ovoz ular orqali o'ynatiladi.