Tarkibni baham ko'rish nima?
Tarkibni baham ko'rish sizga bitta tarmoqqa ulangan SHK yoki smartfonga saqlangan videolar, musiqa va fotosuratlardan rohatlanishingizga imkon beradi.
Smartfonni TVga ulash
  1. Mobil qurilmangizda Wi-Fi funksiyasining yoqilganligini tekshiring.
    TV va smartfon bitta tarmoqqa ulangan bo'lishi kerak.
  2. Sizga fayllarni mobil qurilmangizda baham ko'rishga imkon beruvchi ilovani o'rnating va ishga tushiring.
  3. Mobil qurilmangizda baham ko'rish uchun tanlang.
  4. O'ynatish uchun tarkib turi (video/musiqa/fotosurat)ni tanlang.
  5. TVda o'ynatish uchun video, musiqa yoki fotosuratni tanlang.
  6. MUSIQALAR RO'YXATI-ni ochish uchun Qo'shish tasvirchasiga cherting.
  7. Tarkibni birgalikda o'ynatmoqchi bo'lgan qurilmada TV nomi-ni tanlang. (TV nomi-ni HomeSettingsTarmoqTV nomi-dan tekshirishingiz mumkin.)
  8. Tanlangan faylni televizorda ko'rish uchun O'ynatish ( Play ) tugmasini bosing.
Tarkibni baham ko'rish dasturiy ta'minoti bilan SHKda o'ynating
Agar SHKning operatsion tizimi Windows 7 yoki Windows 8 bo'lsa, musiqa, video yoki fotosuratlarni hech qanday qo'shimcha dastur o'rnatmasdan televizoringizda o'ynatishingiz mumkin.
  1. TV va SHKni bitta tarmoqqa sozlang. Windows 7 yoki Windows 8 o'rnatilgan SHKda ham tarmoqni sozlang.
  2. Kerakli musiqa, video yoki fotosurat fayliga o'ng tugmani bosing va tanlangan faylni o'ynatish uchun Windows 7 yoki Windows 8 dagi Quyidagida o'ynatish funksiyasidan foydalanib modelni tanlang.
    Mobil telefon singari boshqa qurilmalarda o'ynatish uchun tegishli foydalanuvchi qo'llanmasiga qarang.
  3. Garchi bir nechta televizorlar yoki qurilmalar ulangan bo'lsa ham tanlangan fayl faqat bitta qurilma orqali o'ynatiladi. Tarmoq ulanishiga bog'liq ravishda o'ynatish tezligi farq qilishi mumkin.
SHK/Smartfonga saqlangan tarkibni o'ynatish uchun SmartShare SHK dasturiy ta'minotidan foydalaning
SHKda saqlangan musiqa/videolar/fotosuratlarni uy tarmog'ingizga ulash va ularni TVda o'ynatish uchun kompyuter dasturiy ta'minotidan foydalanishingiz mumkin.
  1. TV va SmartShare o'rnatilgan qurilmani (masalan, smartfon) bitta tarmoqqa sozlang. SmartShare xizmatidan faqat TV va barcha qurilmalar bitta ruterga ulangan hollarda foydalanish mumkin.
  2. Agar siz SHKdan foydalanayotgan bo'lsangiz, veb-saytdan SmartShare SHK dasturiy ta'minotini yuklab oling va o'rnating. O'rnatishdan avval SHKda ishlayotgan barcha dasturlardan, jumladan brandmauer yoki antivirus dasturidan chiqing.
  3. Televizorda baham ko'rilgan faylni ko'rish uchun server faollashtirilgan bo'lishi kerak.
Veb-sayt ma'lumotini tekshirish uchun Home tugmasini Uyning quyi o'ng burchagidagi Home_right-ni tanlash uchun cherting. Ma'lumotni Qurilma ulagichiPCTARKIBNI BAHAM KO'RISH-dan tekshirishingiz mumkin.
SmartShare SHK dasturiy ta'minoti to'g'risida ma'lumotlar olish uchun dasturiy ta'minotning yordam bo'limiga qarang.
Tarkibni baham ko'rish noto'g'ri ishlayotganda
Agar tarkibni baham ko'rish opsiyasi to'g'ri ishlamasa, tarmoq parametrlarini tekshiring.
Tarkibni baham ko'rish funksiyasi orqali 1080p videoni ko'rish uchun 5 GGts chastotadan foydalanuvchi ruter talab qilinadi. 2,4 GGts ruterdan foydalanilsa, video to'g'ri o'ynatilmasligi mumkin.
Simsiz tarmoqda to'g'ri ishlamasligi mumkin. Simli tarmoqqa ulashingiz talab qilinadi.
Video o'ynatganda Multi-audio va Subtitr funksiyalari qo'llab-quvvatlanmaydi.
Agar bitta qurilmaga bir nechta televizor ulangan bo'lsa, serverning ishlashiga bog'liq ravishda tarkib to'g'ri o'ynatilmasigi mumkin.
Sarlavhalar faqat ayrim ulangan qurilmalarda qo'llab-quvvatlanadi.
Tarmoq muhitiga bog'liq ravishda to'g'ri ishlamasligi mumkin.
Tarkibni baham ko'rish funksiyasi ko'p manzillikni qo'llab-quvvatlamaydigan ruter uchun qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin. Ko'proq ma'lumotlar olish uchun ruteringiz bilan birga berilgan foydalanuvchi qo'llanmasiga qarang yoki ishlab chiqaruvchiga murojaat qiling.
Hattoki televizor tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan fayl formati uchun ham ulangan qurilma muhitiga bog'liq ravishda qo'llab-quvvatlanadigan fayl formati farq qilishi mumkin.
Agar papkalar yoki papkadagi fayllar soni haddan tashqari ko'p bo'lsa, u to'g'ri ishlamasligi mumkin.
Ulangan qurilmadan import qilingan ma'lumotlar to'g'ri namoyish qilinmasligi mumkin.
Sarlavhalarni o'qish uchun SmartShare SHK dasturiy ta'minoti tavsiya qilinadi.
Subtitr fayli keyinroq qo'shilganda baham ko'rilgan papkani o'chiring va keyin uni qayta yoqing.
Ulangan qurilmadagi DRM fayllari o'ynatilmaydi.
ULTRA HD videolar (3840 x 2160) qo'llab-quvvatlanmaydi.