Wi-Fi Direct funksiyasidan foydalanish

TarmoqWi-Fi DirectWi-Fi Direct - televizoringizga Wi-Fi Direct yoqilgan qurilmaga internet ulanishisiz ulanishga imkon beruvchi funksiyadir. SmartShare bilan siz Wi-Fi Direct orqali ulangan qurilmaga saqlangan fayllarni tomosha qilishingiz mumkin.
- Wi-Fi Direct opsiyasini Yoqish-ga o'rnating. (Undan foydalanishni to'xtatganingizda uni O'chirish-ga qayta o'zgartiring.)
- O'zingiz ulanmoqchi bo'lgan qurilmada Wi-Fi Direct-ni yoqing.
- Televizorga ulanishi mumkin bo'lgan barcha qurilmalar ro'yxati namoyish qilinadi.
- Ulanish uchun qurilmani tanlang.
- Agar kerakli qurilma talabni qabul qilsa, Wi-Fi Direct ulanadi.
- TVda o'ynatish uchun ulangan qurilmada video, musiqa fayli yoki fotosuratni SmartShare orqali tanlang.
- SmartShare bilan siz Wi-Fi Direct orqali ulangan qurilmaga saqlangan fayllarni tomosha qilishingiz mumkin.