LG Store nima?
HomeLG Store
Bu aqlli xizmat Live TV, Filmlar va TV-shoularni yanada oson va tez bitta joyda topish hamda keng ko'lamdagi ta'limga oid, ko'ngil ochar, jonli va yangiliklar ilovalarini yuklab olish imkonini beradi.
Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.
Ba'zi bir xususiyatlarga kirish mamlakatga bog'liq holda cheklanishi mumkin.
Bolalarning yoshlariga mos bo'lmagan tarkiblarga kirmasliklariga ehtiyot bo'lish lozim, chunki bu mahsulot Internetga ulanishi mumkin.
Mos bo'lmagan onlayn tarkiblarni to'sib qo'yish uchun ayrim ilovalar, jumladan Veb-brauzerdan foydalanish cheklab qo'yilishi mumkin.
HomeSettingsXavfsizlik
LG Store uchun ro'yxatdan o'tish
HomeSettingsTezkor parametrlarHisob qaydnoma boshqaruviKIRISHHISOB QAYDNOMA YARATISH
Tarkibni yuklab olish va ishga tushirish uchun ro'yxatdan o'tishingiz kerak.
  1. HISOB QAYDNOMA YARATISH-ni tanlang va Xizmat ko'rsatish shartlariga rozi bo'ling.
  2. O'zingiz tanlagan ID va PIN kodni kiriting.
  3. PIN kodni tasdiqlash maydoniga yana PIN kodni kiriting.
  4. Ro'yxatdan o'tish jarayonini nihoyasiga yetkazish uchun OK tugmasini tanlang.
Siz televizor ekranida yoki veb-saytda (www.lgappstv.com) ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.
A'zolik uchun ro'yxatdan o'tgandan so'ng, bir xil identifikator bilan televizoringiz va veb-saytimizga kiring.
Siz bitta identifikator bilan beshtagacha bo'lgan televizorga kirishingiz mumkin.
Siz Facebook hisob qaydnomangiz bilan kirishingiz mumkin.
Mening ma'lumotlarim-ni boshqarish
HomeSettingsTezkor parametrlarHisob qaydnoma boshqaruvi
Shaxsiy ma'lumot
Siz kirish identifikatori to'g'risidagi asosiy ma'lumotlarni ko'rishingiz mumkin.
Agar Tahrirlamoq tugmasini bossangiz, Member Profile-ni o'zgartirishingiz mumkin.
To'lov ma'lumoti
To'lov ma'lumotingizni tekshirishingiz mumkin.
Xarid qilingan ilovalar
Siz o'zingiz xarid qilgan ilovalarni o'zingiz kirgan identifikator bilan tekshirishingiz mumkin.
To'lov so'rovi
Siz o'zingiz qilgan to'lovlar tafsilotlarini o'zingiz kirgan identifikator bilan tekshirishingiz mumkin.
Siz xarid qilingan ilovalaringizni qayta o'rnatishingiz, yangilashingiz yoki qaytadan xarid qilishingiz (muddati tugaganda) mumkin.
Televizorga ilovalar o'rnatish
HomeLG StoreIlovalar va o'yinlar / Premium
  1. Ro'yxatdan o'zingiz xohlagan ilovani tanlang.
  2. Ilova tafsilotlarini tekshiring va keyin O'rnatish yoki Xarid qilish-ni tanlang.
  3. Ilovani o'rnatish uchun talab qilinadigan funksiyalar yoki televizor aksessuarlariga ega ekanligingizni tekshiring, keyin OK tugmasini tanlang.
  4. Pullik ilovalar uchun to'lov va xaridni tasdiqlash talab qilinadi.
  5. O'rnatish tugallangandan keyin siz ilovani darhol ishga tushirishingiz mumkin. Agar siz darhol ishga tushirishni xohlamasangiz, Yopish-ni tanlang. Ilovani keyinroq ishga tushirish uchun Home-ni bosing va keyin televizorga o'rnatilgan ilovalar ro'yxatini ko'rish uchun quyi o'ng burchakdagi Home_right-ni tanlang.
Siz ilovani SHK yoki televizorda xarid qilishingiz mumkin, biroq uni faqat televizorga o'rnatilishi va televizorda o'ynatilishi mumkin.
Agar sizning televizoringizda yetarli joy bo'lmasa, siz ilovalarni televizorning USB portiga ulangan USB saqlash qurilmasiga yuklab olishingiz mumkin. Siz USB saqlash qurilmasiga saqlangan ilovalarni o'ynashingiz, o'chirishingiz yoki Ilovalar ro‘yxati ekraniga ko'chirishingiz mumkin.
Ilovalar mavjud bo'lgan USB xotira kartalari boshqa turdagi ma'lumotlarni saqlashi mumkin emas. (Faqat USB ilovalari uchun)
Tarkib tavsiyalaridan foydalanish
HomeLG Store
Bu funksiya o'z xususiyatlariga asosanib, ularni tasniflash orqali sizni smart TVda tomosha qila olishingiz mumkin bo'lgan tarkiblar bilan ta'minlaydi, shu bois sizga kerakli tarkiblarni yanada osonroq tanlashingiz mumkin.
Shuningdek, siz mashhurlik yoki foydalanuvchi tarixiga asoslangan tavsiyalarni olishingiz va ularning tafsilotlarini darhol ko'rishingiz mumkin.
TV kanallarda ushbu xizmatdan to'g'ri foydalanish uchun siz Kanallarni avtomatik sozlash-ni tugallashingiz kerak.
Agar siz ko'chirgan bo'lsangiz, xizmatdan foydalanishni boshlay olishingiz uchun joriy joyingizni tanlashingiz kerak.
Televizor qabul qiladigan raqamli EPG (Electronic Program Guide) ma'lumotlari tashqi EPG tomonidan taqdim etiladigan Live TV tavsiyalaridagi dasturlardan boshqacha bo'lishi mumkin.
Siz kirishga ulangan TV pristavkasi kanalini Magic masofadan boshqarish pulti bilan boshqara olmaysiz.
Bu xususiyatdan foydalanish uchun ulang va tarmoqni o'rnating.
Live TV tavsiyalarida namoyish qilingan kanallar efirga uzatish xizmati ta'minotchisi tomonidan taqdim etiladi, shuning uchun agar ular avvaldan bildirishnoma berilmasdan xizmat ta'minotchisi tomonidan o'zgartirilgan bo'lsa, haqiqiy TV kanallaridan farq qilishi mumkin.
Efirga uzatish xizmati ta'minotchisining Live TVda namoyish qilingan kanal nomlari tashqi EPG (Electronic Program Guide) tomonidan taqdim etiladi, shuning uchun har bir efirga uzatish xizmati ta'minotchisining nomi va ma'nosi garchi ular bir narsani bildirsa ham mos kelmasligi mumkin.
Now on TV ro'yxatidagi dasturning eskiz tasviri dasturning ifodaviy tasviridir va u haqiqiy televizion dasturlar rejasidagi tasvirdan farq qilishi mumkin.
Agar Live TV ro'yxatdagi On Now kanal ma'lumotlari asl televizion kanal yoki televizion pristavka kanalidan boshqacha bo'lsa, Live TV sozlanmalarida televizion pristavka va kanal menyusini o'rnating.
Live TV tavsiyalari funksiyasi haqiqiy vaqtlardagi mashhurlikka asoslangan holda tarkibni tavsiya qiladi va mashhur bo'lmagan ma'lum tarkib namoyish qilinmasligi mumkin.