Jonli menyu nima?
Televizor ko'rayotganingizda Wheel(OK) tugmasini bosing. Smart masofadan boshqarish pultingizni TV ekranining o'ng tomoniga harakatlantirish orqali Jonli menyu-ni tanlashingiz mumkin.
Tavsiya etiladi Bu xususiyat bilan hozirda efirga uzatilayotgan dastur uchun tafsilotlarni ko'rishingiz va mashhurlik yoki foydalanuvchi tarixiga asoslangan tavsiyalarni olishingiz mumkin.
Bu funksiyadan foydalanishdan avval tarmoq ulanishini tekshiring.
Kanallar Boshqa kanallarda hozirda efirga uzatilayotgan tarkibni namoyish qiladi.
Dasturlar ro'yxatida namoyish qilinayotgan dasturlar efirga uzatuvchi xizmat ko'rsatuvchi provayderi tomonidan taqdim qilinadi. Xizmat ko'rsatuvchi provayder dasturlarni xabar bermasdan o'zgartirsa, asl TV dasturlar ulardan farq qilishi mumkin.
Dasturlar ro'yxatida namoyish qilinayotgan dastur ma'lumotlari tarkibida tashqi EPG (Elektrion telegid) tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlar bo'lganligi sababli asl TV dasturlar ulardan farq qilishi mumkin.
Agar TV pristavkada dasturlarni tahrirlasangiz, TV dasturlar va TV pristavka dasturi ma'lumotlari bir xil bo'lmasligi mumkin.
Qidirish LG Store tomonidan ta'minlangan, jumladan Live TV, TV-shou, Film, 3D rasm, lovalar va o'yinlar va boshqalar, turli xil tarkib turlarini qidirishingiz va zavqlanishingiz mumkin.
Bu funksiyadan foydalanishdan avval tarmoq ulanishini tekshiring.
Yozib olingan Siz yozib olingan tarkiblar ro'yxatini ko'rishingiz va ularni o'ynatishingiz mumkin.
Time Machine tomonidan yozib olingan tarkib avtomatik ravishda sinxronlashtiriladi va namoyish qilinadi.
Model yoki mamlakatga bog'liq ravishda opsiyalar farq qilishi mumkin.