Televizorni smart qurilma orqali bosharish
Siz LG TV Remote dasturini Google Play Store yoki Apple App Store do'konidan yuklab, smarfoningizga ulangan har qanday televizorda foydalanishingiz mumkin.
- Endi siz sevimli televizion ko'rsatuvlaringizdan smart qurilmangizda rohatlanishingiz mumkin. (Faqat ayrim modellarda)
- Kirish uchun hisob qaydnomangiz ma'lumotlarini osongina kiritishingiz mumkin.
- Siz smartfoningizda sevimli kanallaringizni qo'shishingiz mumkin.
- Siz bevosita smatfoningizda PREMIUM, Mening ilovalarim va SmartShareTM kabi funksiyalardan foydalanishingiz mumkin.
- Matnni kiritish funksiyasi qo'llab-quvvatlanadi, shuning uchun siz matnni osongina kiritishingiz mumkin. (Ayrim ekranlarda matnni kiritib bo'lmasligi mumkin.)
- Magic masofadan boshqarish pultining ko'rsatkichi bilan bir xil tarzda boshqarish uchun ilovaning sensorli panelini tanlang.
- Televizorning LG TV Remote ilovasida Game Pad-ni tanlab, o'yin ilovasini boshqarishingiz mumkin.
- Televizion pristavka va media qurilmani boshqarishga imkon beruvchi qo'shimcha klaviatura taqdim etiladi. (Faqat belgilangan shartlari mavjud ba'zi modellar.)
- Smartfoningizda televizorni ko'rayotgan paytda televizorni elektr energiyani tejash rejimiga o'rnatishingiz mumkin.
- Siz Twitter va Facebook kabi ijtimoiy tizim xizmatlari orqali ko'rib turgan ekrandagi tasvir rasmini olib boshqalar bilan baham ko'rishingiz mumkin.
Qo'llab-quvvatlanovchi funksiyalar televizor yoki LG TV Remote ilovasining versiyasiga bog'liq bo'lib farq qilishi mumkin.