Live Playback (haqiqiy vaqtlarda o'ynatish) nima?
U siz televizor ko'rish vaqtida o'tkazib yuborgan sahnalarni qayta o'ynata olishingiz uchun hozirda ko'rayotgan dasturni vaqtinchalik USB qurilmasiga saqlab qo'yishda foydalanishingiz mumkin bo'lgan funksiyadir. Ushbu funksiya ma'lum vaqt tashqariga chiqqan hollaringizda ko'rsihni avvalroq kelgan joyingizdan davom ettirishingizga imkon beradi.
Live Playback funksiyasidan foydalanish uchun Live Playback rejimini YOQISH-ga USB qurilmasini ulagandan keyin o'rnating.
[Bu funksiya faqat ma'lum modellarda mavjud.] Bu funksiya analog / raqamli dasturlar va AV kirish rejimi uchun ishlaydi.
Live Playback funksiyasi bilan dasturni ikki soatgacha bo'lgan vaqtga qayta o'ynatishingiz mumkin. Bu vaqt mintaqangizga bog'liq ravishda farq qilishi mumkin.
Live Playback rejimida bo'lganda ushbu funksiya tomonidan saqlangan tasvir uni saqlamasdan turib televizorni o'chirsangiz, o'chirib yuboriladi.
Live Playback (haqiqiy vaqtlarda o'ynatish) funksiyasidan foydalanish
Ko'rayotgan tasviringizni 10 soniya orqaga yoki oldinga o'tkazish uchun Magic masofadan boshqarish pultidagi chap yoki o'ng yo'naltirish tugmasidan foydalaning.
Ko'rsatilgan tasvir televizoringizdan farq qilishi mumkin.

Siz oddiy masofadan boshqarish pultidagi chap yoki o'ng yo'naltirish tugmasidan foydalangan holda ham Live Playbackni boshqarishingiz mumkin.