Tasvirlar ustasi III bilan tasvirlarni o'zgartirish
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar TASVIR Tasvirlar ustasi III
Masofadan boshqarish pultidan foydalaning va tasvirlar sifatini qimmat namuna qurilmalarisiz yoki mutaxassisdan yordam olmasdan, optimal darajada kalibrlash va sozlash uchun Tasvirlar ustasining ko'rsatmalariga amal qiling.
Optimal tasvir sifatiga erishish uchun ko'rsatmalarga amal qiling.
Tasvirlarni ko'rsatish rejimini tanlash
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar TASVIR Tasvirlarni ko'rsatish rejimi
Atrofni yoki dasturni ko'rish uchun optimallashtirilgan tasvirlarni ko'rsatish rejimini tanlaydi.
Yorqin Yorqin tasvirlarni namoyish qilish uchun kontrast, yorqinlik va o'tkirlikni kuchaytiradi.
Standart Tasvirlarni kontrast, yorqinlik va o'tkirlikning standart darajalarida namoyish qiladi.
Eko / APS [Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
ECO / APS (Avtomatik quvvatni saqlash) rejimi qorong'ilashtirish boshqaruvi orqali quvvat iste'molini kamaytiradi.
THX Kino / Kino [THX Kino : Modelga bog'liq ravishda]
Kino uchun optimal tasvirni namoyish qiladi.
Sport / Futbol [Bu xususiyat faqat ma'lum mamlakatlarda mavjud.]
Sport uchun optimallashtirilgan tasvirlarni ko'rsatish rejimi. To'p uzatmalari va o'yin anjomlari yorqin ranglarda tezkor harakatlar uchun o'ta tiniq tasvirlar birga taqdim etiladi.
O'yin O'yinlar uchun optimal tasvirni namoyish qiladi.
Fotosurat [Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
Fotosurat (harakatsiz tasvir) uchun optimal tasvirni namoyish qiladi.
Ekspert Ekspertlar va havaskorlarga eng yaxshi televizor ko'rishdan rohatlanishlariga imkon beruvchi tasvir sifatini sozlash uchun menyu. Ushbu menyu ISF-sertifikatiga ega va tasvirlarni sozlovchi ekspertlar uchun mo'ljallangan. (ISF logotipidan faqat ISF-certifikatiga ega bo'lgan televizorlarda foydalanish mumkin.)
ISFccc : Vizualizatsiya fani jamg'armasi sertifikatiga ega bo'lgan kalibrlashni boshqarish
Kirish signaliga bog'liq ravishda tasvir rejimlarining mavjud diapazoni farq qilishi mumkin.
Ekspert rejimi ma'lum tasvirdan foydalangan holda boshqarish va nozik sozlash uchun tasvirlarni sozlovchi professionallarga mo'ljallangan. Oddiy tasvirlar uchun effektlar unchalik ta'sirchan bo'lmasligi mumkin.
THX Sertifikati professionallar va iste'molchilar tomonidan bir xilda tan olingan yagona ishlash samaradorligi standartidir. THX sertifikatiga ega bo'lgan televizorlar 400 tadan ortiq sinovdan o'tadi, bu ularning kinostudiyada topish mumkin bo'lgan ajoyib tiniqlik va aniqlikdagi eng yuqori sifatli tasvir va filmlarni yetkazib berishini kafolatlaydi.
Tasvirlarni ko'rsatish rejimini nozik sozlash
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar TASVIR OLED yorug'lik yoki Fon ravshanligi, yoki Panel chirog'i / Kontrast / Yorug'lik / Aniqlik / Rang / Tus / Rang harorati.
Avval o'zingiz xohlagan Tasvirlarni ko'rsatish rejimi-ni tanlang.
OLED YORUG'LIK OLED TV
OLED panel yorqinligini o'zgartirish orqali displey yorqinligini sozlaydi.
Fon ravshanligi LCD TV
Fon chirog'i ravshanligini sozlash orqali ekran ravshanligini sozlaydi. 100 ga yaqin qiymat yorug'roq ekranni anglatadi.
Panel chirog'i PDP TV
PDP panel yorqinligini o'zgartirish orqali ekran yorqinligini sozlaydi.
Kontrast Rasmning yorug' va qorong'i maydnolari o'rtasidagi farqni boshqarish uchun kontrast darajasini sozlaydi. 100 ga yaqin qiymat kattaroq farqni anglatadi.
Ravshanlik Ekranning umumiy ravshanligini sozlaydi. 100 ga yaqin qiymat yorug'roq ekranni anglatadi.
Aniqlik Qirralar toza va to'g'ri ko'rinadigan qilish uchun aniqlikni sozlaydi. 50 ga yaqin qiymat tozaroq qirralarni anglatadi.
Rang Yanada yorug' yoki qorong'i bo'lish uchun ekran ranglarining umumiy tusini sozlaydi. 100 ga yaqin qiymat qorong'iroq ranglarni anglatadi.
Tus Ekranda namoyish qilingan qizil va yashil ranglar o'rtasidagi balansni sozlaydi. Qizil 50 ga yaqin qiymat kuchliroq qizil rangni anglatadi. Yashil 50 ga yaqin qiymat kuchliroq yashil rangni anglatadi.
Rang harorati Ranglarning umumiy tonini iliq yoki sovuqroqqa o'zgartiradi.
Kirish signali yoki boshqa tasvir sozlanmalariga bog'liq ravishda sozlash uchun elementlarning to'liq diapazoni farq qilishi mumkin.
Mukammal boshqaruvni o'rnatish
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar TASVIR Mukammal boshqaruv yoki Ekspert boshqaruv
Ekranni har bir tasvirlarni ko'rsatish rejimi uchun moslashtiradi yoki tasvir sozlanmalarini ma'lum bir ekran uchun sozlaydi.
Avval o'zingiz xohlagan Tasvirlarni ko'rsatish rejimi-ni tanlang.
Dinamik kontrast Kontrastni tasvir yorqinligiga ko'ra optimal darajaga o'zgartiradi.
Rang ravshanligi mexanizmi OLED TV
Tasvir ranglarini ko'ruvchilarning vizual xarakteristikalariga eng mos bo'lishi uchun qoplaydi.
Dinamik rang LCD TV PDP TV
Ranglarni tabiiyroq ko'rinuvchi ranglarga o'zgartiradi.
Afzal ko'rilgan rang Teri rangi : Teri rangini foydalanuvchi tomonidan ko'rsatilgan tarzda ko'rsatish uchun teri rangi spektrini alohida o'rnatish mumkin.
Maysa rang : Tabiiy ranglar spektri (o'tloqlar, qirlar va boshq.) alohida o'rnatilishi mumkin.
Osmon rangi : Osmon rangi alohida o'rnatiladi.
Super tasvir aniqligi Tasvir dog'li yoki aniq bo'lmagan sohalardagi batafsil elementlarni yaxshilash orqali kristall kabi toza tasvir bilan ta'minlaydi.
Gamma Kirish signaliga nisbatan tasvir signalining chiqishiga muvofiq gradatsion qiyshiq yoyini o'rnatadi.
Ranglar gammasi Ifodalanishi mumkin bo'lgan ranglar diapazonini tanlaydi.
Chetlarini belgilash [Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
Videoning tozaroq va aniqroq, shu bilan birgalikda tabiiy qirralarini ko'rsatadi.
xvYCC [Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
Boy ranglarni ifodalaydi.
Rang filtri Rang to'yinganligi va tusini aniq sozlash uchun RGB Ranglaridagi maxsus Rang spektrini filtlaydi.
Ekspert sxemasi Ekspert sozlash uchun foydalaniladigan sxemalar.
Oq balansi Ekran ranglarini iliq yoki sovuqqa sozlaydi.
Ranglarni boshqarish tizimi Ushbu funksiya ekspertlar tomonidan ular boshqa rang sohalariga ta'sir ko'rsatmagan holda oltita rangli (Qizil / Yashil / Ko'k / Havorang / To'q qizil / Sariq) sinov namunasidan foydalangan holda ranglarni o'qartirganlarida foydalaniladi. Normal tasvirlar uchun sozlashlar ranglarning sezilarli o'zgarishiga olib kelmaydi.
Kirish signali yoki boshqa tasvir sozlanmalariga bog'liq ravishda sozlash uchun elementlarning to'liq diapazoni farq qilishi mumkin.
Qo'shimcha rasm opsiyalarini o'rnatish
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar TASVIR Rasm opsiyasi
Tasvirlar uchun batafsil sozlanmani o'zgartiradi.
Shovqinni pasaytirish Tiniq rasmni namoyish qilish uchun tasodifan hosil qilingan nuqtalarni olib tashlaydi.
MPEG shovqinlarini kamaytirish Raqamli videoni siqish tufayli hosil bo'lgan shovqinlarni kamaytiradi.
Qora darajasi Ekran ravshanligi va kontrastini tiklash uchun ekranning qorong'iligini sozlaydi.
Haqiqiy kino Kinoteatrda ko'radiganingiz kabi rasmni namoyish qiladi.
Ko'zga xavfsiz [Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
Shu'lani oldini olish va elektr quvvati iste'molini kamaytirish uchun harakat o'zgartirishlariga muvofiq ravshanlikni sozlaydi.
Motion Eye Care [Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
Ko'z charchashini kamaytirish uchun tasvir ma'lumotlari asosida avtomatik ravishda ravshanlikni sozlaydi va tasvir oqishini kamaytiradi.
  • U 3D tasvirlarni ko'rish vaqtida ishlamaydi.
Kirish signali yoki boshqa tasvir sozlanmalariga bog'liq ravishda sozlash uchun elementlarning to'liq diapazoni farq qilishi mumkin.
Tasvirlarni ko'rsatish rejimini qayta tiklash
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar TASVIR Tasvirni qayta tiklash
Foydalanuvchi tomonidan o'zgartirilgan qiymatlarni qayta o'rnatadi.
Har bir tasvirlarni ko'rsatish rejimi qayta tiklanadi. O'zingiz qayta tiklamoqchi bo'lgan tasvirlarni ko'rsatish rejimini tanlang.