Televizor dinamiklaridan foydalanish
[Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
Sozlanmalar TOVUSH Ovoz chiqishi Televizor dinamiklari
Ovoz televizor dinamigi orqali chiqariladi.
Tashqi dinamiklardan foydalanish
[Faqat optik yoki HDMI (ARC) portiga ega bo'lgan modellardagina mavjud]
Sozlanmalar TOVUSH Ovoz chiqishi Tashqi Dinamiklar (Optik / HDMI ARC)
Ovoz optik portga ulangan dinamik orqali chiqariladi.
Raqamli ovoz chiqarishidan foydalanish
Sozlanmalar TOVUSH Ovoz chiqishi Tashqi Dinamiklar (Optik / HDMI ARC) Raqamli ovoz chiqarish
Raqamli ovoz chiqarish-ni o'rnatadi.
| Element | Ovoz chiqishi | Raqamli ovoz chiqarish |
| Avto | MPEG | PCM |
| Dolby Digital | Dolby Digital | |
| Dolby Digital Plus | Dolby Digital | |
| HE-AAC | Dolby Digital | |
| PCM | Barchasi | PCM |
LG audio qurilmasini ulash va undan foydalanish
LG audio qurilmasi boy qudratli ovozdan osongina rohatlanishingizga imkon beradi.
Simli ulanish
Sozlanmalar TOVUSH Ovoz chiqishi LG Ovoz sinxronizatsiyasi (Optik)
Raqamli audio chiqish portiga
logotipi bo'lgan LG audio qurilmasini ulang.
logotipi bo'lgan LG audio qurilmasini ulang. Faqat optik raqamli portiga ega bo'lgan modellar uchungina mavjud.
Simsiz ulanish
[Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
Sozlanmalar TOVUSH Ovoz chiqishi LG Ovoz sinxronizatsiyasi (Simsiz)
logotipiga ega bo'lgan LG audio qurilmasi simsiz ulanishi mumkin. Televizorning masofadan boshqarish pultidan siz ulangan qurilma ovoz balandligini o'zgartirish uchun foydalanishingiz mumkin.
Simsiz ravishda ulanganda kalitni biriktiring va agar model uchun Magic masofadan boshqarish pulti kaliti talab qilinsa, uni ulang. (Alohida sotib olinadi)
Simsiz ulanish uchun, agar qurilma ulana olmasa. Qurilmaning elektr manbaiga ulanganligini va LG Audio qurilmasining yaxshi ishlash holatida ekanligini tekshiring.
Agar siz LG Ovoz sinxronizatsiyasi (Simsiz)-ni tanlasangiz, ulanishi uchun qurilmalar qidiriladi va topilgan qurilmalardan biri avtomatik ravishda ulanadi. Qurilma ulanganda uning nomi namoyish qilinadi.
Agar ikki yoki undan ortiq qurilmalar aniqlansa, avval birinchi aniqlangan qurilma ulanadi. Ulash maqsadida aniqlangan ko'proq qurilmalarni ko'rish uchun Boshqalarini ko'rsatish tugmasini bosing.
LG Ovoz sinxronizatsiyasi (Simsiz) tanlanayotgan bo'lsa va siz televizorni yoqsangiz, u qidiriadi va oxirgi ulangan qurilmaga ulanishga urinadi.
Bluetooth garnituralarini ulash
[Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
Sozlanmalar TOVUSH Ovoz chiqishi LG Ovoz sinxronizatsiyasi (Simsiz) Televizor ovozi Bluetooth garnituralari orqali chiqariladi.
Quyidagi qurilmalar qo'llab-quvvatlanadi:
LG BTS1, LG HBS-700, LG HBS-730 va LG HBS-800 (mintaqaga bog'liq ravishda sotuvda mavjud bo'lgan modellar farq qilishi mumkin).
LG BTS1, LG HBS-700, LG HBS-730 va LG HBS-800 (mintaqaga bog'liq ravishda sotuvda mavjud bo'lgan modellar farq qilishi mumkin).
Agar model Magic masofadan boshqarish pulti adapterini talab qilsa, simsiz ulaganda ulashdan avval adapterni biriktiring. (AN-MR400 xab, alohida sotiladi)
Agar simsiz ulayotgan vaqtingizda qurilma ulanishi xatolikka uchrasa, qurilma quvvatini tekshiring va uning ulanishi mumkinligiga ishonch hosil qiling.
Agar ikki yoki undan ortiq qurilmalar aniqlansa, avval birinchi aniqlangan qurilma ulanadi. Ulash uchun ko'proq aniqlangan qurilmalarni ko'rish [Boshqalarini ko‘rsatmoq]-ga cherting.
Analog chiqish/Quloqlikdan foydalanish
[Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
Sozlanmalar TOVUSH Ovoz chiqishi Tashqi dinamiklar (Audio chiqish) / Quloqlik
Analog chiqishni o'rnatish uchun ulangan qurilmaga bog'liq ravishda Quloqlik yoki Tashqi dinamiklar (Audio chiqish)-ni tanlang.
Mavjud menyu Quloqlik yoki Tashqi dinamiklar (Audio chiqish)-ni Ovoz parametrlari Analogli chiqish-da tanlashingizga bog'liq ravishda farq qilishi mumkin.
Ayrim modellar faqat Quloqlik funksiyasinigina qo'llab-quvvatlashi mumkin.
Agar siz quloqlikni televizor yoqilgan holda ulasangiz, u quloqlikni avtomatik ravishda aniqlaydi va ovozni u orqali chiqaradi.