Dasturni avtomatik o'rnatish
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar O'RNATISH Avto sozlash
Dasturlarni avtomatik sozlaydi.
  1. Televizordan foydalaniladigan mamlakatni tanlang. Siz tanlagan mamlakatga bog'liq ravishda dastur sozlanmalari o'zgaradi.
  2. Avto sozlash-ishga tushiring.
  3. O'zingiz tanlagan kirish manbaini tanlang.
  4. Ekrandagi ko'rsatmalarga amal qilgan holda Avto sozlashni o'rnating.
Agar Kirish manbai to'g'ri ulanmagan bo'lsa, dasturni ro'yxatga olish ishlamasligi mumkin.
Avto sozlash faqat hozirda uzatilayotgan dasturlarnigina topadi.
Agar Qulflash tizimi yoqilmagan bo'lsa, parolni so'ragan holda suzib chiquvchi oyna paydo bo'ladi.
Kabel RTV sozlamalari parametri
Dasturlar TO'LIQ ishlash sozlanmasidan foydalangan holda qidirilganda, qidirish vaqti ko'proq bo'lishi mumkin.
Barcha mavjud dasturlarni tez va to'g'ri qidirish uchun quyidagi qiymatlar kerak bo'ladi. Ko'p foydalaniladigan qiymatlar "oldindan belgilangan" sifatida beriladi.
Chastota Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan chastotani kiriting.
Belgilarni uzatish tezligi Modem singari qurilmaning dasturga yuborish tezligi.
Modulyatsiya Audio yoki video signallarni signal tashuvchiga yuklash.
Tarmoq identifikatori Har bir foydalanuvchiga alohida identifikator ajratilgan.
Boshlash chastotasi Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan boshlash chastotasi diapazonini kiriting.
Tugash chastotasi Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan tugash chastotasi diapazonini kiriting.
Sun'iy yo'ldosh sozlanmasi parametri
Sun'iy yo'ldosh O'zingiz xohlagan sun'iy yo'ldoshni tanlang.
LNB Kam shovqinli blok chastotasi [Bu xususiyat faqat ma'lum mamlakatlarda mavjud.]
9750 / 10600, 9750 / 10750, 9750, 10600, 10750, 5150, MDU1, MDU2, MDU3, MDU4, MDU5 lar orasidan bitta qiymatni tanlang.
Agar siz 9750 / 10600, 9750 / 10750 (MGts)ni tanlasangiz, 22kHz Tone o'chirib qo'yiladi. Agar siz ro'yxatdan Kam shovqinli blok chastotasi qiymatini topa olmasangiz, Foydalanuvchini tanlang va chastota qiymatini qo'lda kiriting.
Retranslyator O'zingiz sozlamoqchi bo'lgan retranslyatorni tanlang.
22KHz Tone 22kHz Tone pereklyuchatelidan foydalanganda A yoki B ni tanlang. Agar siz 22kHz Tone-dan foydalansangiz, Unicable va Dvigatel turi o'chirib qo'yiladi.
Kam shovqinli blok quvvati Kam shovqinli blok uchun quvvat ta'minotini yoqish uchun Yoqish-ni tanlang. Agar siz O'chirish-ni tanlasangiz, Dvigatel turi o'chirib qo'yiladi.
DiSEqC DiSEqC-dan foydalanganda A~D/ToneA~B dan bitta parametrni tanlang. Agar siz DiSEqC-dan foydalansangiz, Unicable va Dvigatel turi o'chirib qo'yiladi.
Unicable sozlanmalari Unicable-dan foydalanish uchun Yoqish-ni tanlang va Unicable parametri menyusida Unicable-ni o'rnating. Unicable yoqilganda 22 kHz Tone, DiSEqC, Dvigatel turi o'chirib qo'yiladi.
Dvigatel turi Dvigateldan foydalanish uchun Dvigatel turi-ni tanlang va Dvigatel parametri menyusida Dvigatelni o'rnating. Dvigatel yoqilganda 22 kHz Tone, DiSEqC, Unicable o'chirib qo'yiladi.
Agar siz boshqalarga sun'iy yo'ldosh o'rnatsangiz, Qo'lda sozlash yoki Transporderni o'zgartirmoq-dan foydalangan holda retranslyatorni qo'shishingiz kerak.
22kHz Tone va DiSEqC-ni tanlaganda, siz ularga ekran menyusida namoyish qilingan joydan turib ulanishingiz kerak.
Agar siz Sun'iy yo'ldoshni o'chirsangiz, Sun'iy yo'ldoshda saqlangan barcha dasturlar o'chiriladi.
Dvigatelni o'rnatish parametri
Harakat yo'nalishi O'zingiz dvigatelni harakatlantirmoqchi bo'lgan yo'nalishni tanlang.
Harakat rejimi Ikki rejim mavjud: Qadam va Uzluksiz.
  • Qadam: Dvigatel siz kiritadigan qiymatga (1 dan 128 gacha) asoslangan holda harakatlanadi.
  • Uzluksiz: Dvigatel siz To'xtatish tugmasini bosmaguningizcha harakatlanadi.
TP sinovi O'zingiz sozlashni xohlaydigan TP sinovi-ni tanlang.
Cheklanishni or'natish Dvigatel faqat o'rnatilgan yo'nalishda harakatlanishi uchun dvigatel harakatini sharqqa yoki g'arbga o'rnating.
  • Yoqish: G'arb / Sharqni tanlash orqali siz harakatni joriy yo'nalishga cheklab qo'yishingiz mumkin.
  • O'chirish: Siz o'zingiz o'rnatgan cheklanishni bekor qilishingiz mumkin.
Nolga o'tish Siz dvigatelni Nolga harakatlantirishingiz mumkin.
Saqlash Siz dvigatelning joriy yo'nalishini saqlab qo'yishingiz mumkin.
Kabel RTV sozlamalari
[Agar dastur rejimi Kabel-ga o'rnatilgan bo'lsa]
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar O'RNATISH Kabel RTV sozlamalari
Xizmat ko'rsatuvchi operator Xizmat ko'rsatuvchi operator-ni o'rnating.
Xizmat ko'rsatuvchi operatorni o'zgartirganda, mavjud saqlangan dasturlar o'chiriladi va Avto sozlash ishga tushadi.
Kanalni avtomatik yangilash
  • Yoqish: Siz yangilash mumkin bo'lgan barcha dasturlar, jumladan hozirda ko'rilayotgan dastur uchun ma'lumotlarni yangilashingiz mumkin.
  • O'chirish: Siz faqat hozirda ko'rilayotgan dastur uchun ma'lumotlarni yangilashingiz mumkin.
Foydalanuvchi Xizmat ko'rsatuvchi operator menyusida tanlashi mumkin bo'lgan diapazon har bir mamlakat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan Xizmat ko'rsatuvchi operatorlar soniga bog'liq ravishda farq qiladi.
Agar har bir mamlakat uchun qo'llab-quvvatlanadigan Xizmat ko'rsatuvchi operatorlari soni 1 ga teng bo'lsa, tegishli funksiya nofaollashadi.
Xizmat ko'rsatuvchi operator "Ziggo"-ga o'rnatilganda, siz Kabel raqamli DTV-ni o'rnatishni tanlay olmaysiz.
Sun'iy yo'ldosh parametri
[Agar dastur rejimi Sun'iy yo'ldosh-ga o'rnatilgan bo'lsa]
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar O'RNATISH Sun'iy yo‘ldosh parametri
Siz o'zingiz xohlagan sun'iy yo'ldoshni qo'shishingiz/o'chirishingiz/o'rnatishingiz mumkin.
Tivu Dastur ro'yxatini yangilash
[Faqat Italiya]
[Agar dastur rejimi Sun'iy yo'ldosh-ga o'rnatilgan bo'lsa]
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar O'RNATISH Tivu Dastur ro'yxatini yangilash
U efirga uzatilayotgan mamlakat holatlari va sun'iy yo'ldoshga asoslangan holda o'zgartirilgan Dastur ro'yxati ma'lumotlarini yangilaydi.
U televizor hamma vaqt o'chiq bo'lgan hollarda Dastur ro'yxatini yangilaydi. Yangilangandan keyin Dastur ro'yxati o'zgarishi mumkin. Agar buni xohlamasangiz, O'chirish-ni tanlang.
Dastur ro'yxatini yangilash
[Agar dastur rejimi Sun'iy yo'ldosh-ga o'rnatilgan bo'lsa]
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar O'RNATISH Dastur ro'yxatini yangilash
U efirga uzatilayotgan mamlakat holatlari va sun'iy yo'ldoshga asoslangan holda o'zgartirilgan Dastur ro'yxati ma'lumotlarini yangilaydi.
U televizor hamma vaqt o'chiq bo'lgan hollarda Dastur ro'yxatini yangilaydi. Yangilangandan keyin Dastur ro'yxati o'zgarishi mumkin. Agar buni xohlamasangiz, O'chirish-ni tanlang.
Avstriya, Chexiya, Ukraina, Slovakiya, Qozog'iston, Turkiya, Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Daniya, Germaniya, Polsha va Rossiya uchun ushbu funksiya Xizmat ko'rsatuvchi operator Yo'q-ga o'rnatilmaganda qo'llab-quvvatlanadi.
Mahalliy dastur
[Faqat Avstriya]
[Agar dastur rejimi Sun'iy yo'ldosh-ga o'rnatilgan bo'lsa]
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar O'RNATISH Mahalliy dastur
Mahalliy dasturni o'rnating va ma'lum vaqtda mahalliy dasturni ko'ring.
Sun'iy yo'ldosh-ning Xizmat ko'rsatuvchi operatorini o'rnatish uchun AKTIV tanlanishi kerak.
Transporderni o'zgartirmoq
[Agar dastur rejimi Sun'iy yo'ldosh-ga o'rnatilgan bo'lsa]
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar O'RNATISH Transporderni o'zgartirmoq
Siz transporderni qo'shishingiz / o'zgartirishingiz / o'chirishingiz mumkin.
Agar Mamlakat Rossiya-ga o'rnatilgan bo'lsa, kerakli retranslyator-ni Asosiy sifatida o'rnatish uchun ekrandagi Asosiy RT ro'yxatga olmoq tugmasini bosing.
Qo'lda sozlashdan foydalanish
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar O'RNATISH Qo'lda sozlash
Dasturlarni qo'lda sozlaydi va natijalarni saqlaydi.
Raqamli uzatish uchun signal kuchi va signal sifatini tekshirish mumkin.
Siz yana chastota (KGz) va Chastota kengligi-ni sozlashingiz mumkin.
Dasturlarni tahrirlash
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar O'RNATISH Dasturni tahrirlash
Saqlangan dasturlarni tahrirlaydi.
Tanlangan dasturni yoqtirgan dastur sifatida o'rnating, dasturni bloklang/blokdan chiqaring, o'tkazib yuboring va hokazo.