Oldin tekshiring
Agar quyidagi holatlar sodir bo'lsa, iltimos, quyida keltirilgan tekshiruv va sozlamalarni o'tkazing. Bular noto'g'ri ishlayotganligini anglatmaydi.
Umumiy
Muammo Yechim
Ayrim kanallarni ko'ra olmayman.
  • Antenna joyini yoki yo'nalishini o'zgatiring.
  • Avto sozlash yoki Dasturni tahrirlash-dan foydalanib, o'zingiz keyinchalik ko'rmoqchi bo'lgan dasturlarni saqlang.
Televizorni va tasvirning to'liq ko'rinishi o'rtasia kechikish mavjud.
  • Bu muammo emas. Televizor ilk marta yoqilganda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan tasvir xalaqitlari tozalanayapti.
Tasvirlar
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar QO'LLAB-QUVVATLASH Tasvirni testdan o'tkazish
Tasvir signali chiqishining joyida ekanligini tekshirish uchun avval Tasvirni testdan o'tkazishni ishga tushiring.
Agar sinalayotgan bilan bog'liq muammo bo'lmasa, tashqi qurilma ulanishlari va efir signallarini tekshiring.
Muammo Yechim
Avvalgi dastur yoki boshqa dasturlardan qolgan tasvirlar, yoki ekranda asabga teguvchi chiziqlar.
  • Antenna yo'nalishini televizor uzatgichiga sozlang yoki antennani ulash to'g'risida ko'rsatmalar olish uchun qo'llanmaga qarang.
Tebranuvchi gorizontal / vertikal chiziqlar va mayda katakchalar qisqa muddatga paydo bo'ladi.
  • Bunday muammo kuchli elektron xalaqitlar mavjud bo'lgan hollarda yuz berishi mumkin. Mobil telefon, quvvat vositalari kabi elektron qurilmalar va boshqa kichik elektr jihozlarini o'chirib qo'ying.
Raqamli ko'rsatuv jarayonida ekranda qotib qolgan tasvir yoki yaxshi ishlamaslik.
  • Bunday holat kuchsiz signal yoki turg'unsiz qabul qilish natijasida sodir bo'lishi mumkin. Antenna yo'nalishi va kabel ulanishini o'zgartiring.
  • Agar signal kuchi yoki sifati Qo'lda sozlash natijasida past bo'lsa, televizor stansiyasi yoki ma'muriy ofisga murojaat qiling.
Kabel ulangan bo'lsa ham, raqamli ko'rsatuv mavjud emas.
  • Siz obuna bo'lgan va/yoki signalni ta'minlovchi operatorga murojaat qiling. (Obunangizga muvofiq raqamli ko'rsatuvlar qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.)
HDMI manbai ulanganda displey nofaol yoki tiniq emas.
  • HDMI kabeli xususiyatlarini tekshiring. Agar HDMI kabelingiz haqiqiy bo'lmasa, tasvirlar so'nishi va paydo bo'lishi mumkin.
  • Barcha kabellar mustahkam ulanganligiga ishonch hosil qiling. Ulanishlar mustahkam bo'lmasa, tasvirlar yaxshi ko'rsatilmasligi mumkin.
USB xotira jamlovchisi bilan ishlamayapti.
  • USB qurilmasi va kabel versiyasi 2.0 yoki undan yuqori ekanligini tekshiring.
Tovush
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar QO'LLAB-QUVVATLASH Ovozni testdan o'tkazish
Tovush signali chiqishining joyida ekanligini tekshirish uchun avval ovozni testdan o'tkazishni ishga tushiring.
Agar ovoz testi bilan muammo bo'lmasa, tashqi qurilma ulanishi va kirish signallarini tekshiring.
Muammo Yechim
Displey ekrani yoqilgan lekin ovozi yo'q.
  • Boshqa televizion kanallarni tekshiring.
  • Televizor dinamiklari-ning Yoqish holatiga o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
Analogli ko'rsatuvlar uchun stereo tovush toza emas yoki faqat bitta dinamikdan chiqmoqda.
  • Ishonchsiz qabul qilish hududida (kuchsiz yoki turg'unsiz signal hududlari) yoki Multi Audio barqaror bo'lmasa, Multi Audio-da Mono-ni tanlang.
  • Yo'naltirish tugmasidan foydalanib Balans-ni sozlang.
Televizor tovushi tasvir bilan sinxronlashmagan yoki tovush birdaniga yo'qolib qolmoqda.
  • Agar muammo faqat ma'lum televizor dasturigagina ta'sir ko'rsatsa, bu alohida stansiya uchun efir signali bilan bog'liq muammolar tomonidan hosil qilingan bo'lishi mumkin. Televizion stansiyasi yoki kabel operatoriga murojaat qiling.
Dasturni o'zgartirganimda tovush balandligi o'zgaradi.
  • Tovush balandligi dasturdan dasturga o'zgarishi mumkin.
  • Avtomatik ovoz balandligi-ni Yoqish-ga o'rnating.
Ayrim dasturlarda ovoz umuman chiqmayapti yoki faqat fon musiqasinigina tinglash mumkin.
(Xorijlik tomoshabinlar uchun yaratilgan dastur holatida)
  • Tilda Til Audio tili-ni o'zingiz xohlagan tilga o'rnating. Agar tilni Multi Audio-ga o'zgartirsangiz, oldindan belgilangan o'rnatishga qaytishingiz mumkin, hattoki quvvat manbaidan o'chirgan va dasturni o'zgartirgan bo'lsangiz ham.
HDMI / USB-ga ulanganda ovoz chiqmayapti.
  • HDMI kabelining yuqori tezlikli ekanligini tekshiring.
  • USB qurilmasi va kabel versiyasi 2.0 yoki undan yuqori ekanligini tekshiring.
  • Faqat oddiy musiqa (*.mp3) fayllaridan foydalaning.
Kompyuterga ulanish muammosi
Muammo Yechim
Kompyuterga ulangandan so'ng displey ekrani yoqilmadi.
  • Kompyuter va televizor mustahkam ulanganligini tekshiring.
  • Masofadan boshqarish pultidan foydalanib televizorni o'chirib yoqing.
  • Televizor yoqilgan holda kompyuterni qayta ishga tushiring.
  • Kompyuterga kiritish uchun yechim to'g'ri o'rnatilganligini tekshiring.
  • Televizordan ikkinchi monitor sifatida foydalanish uchun ulangan komputer yoki noutbuk ikkita monitorni qo'llab-quvvatlashini tekshiring.
  • HDMI kabelini qaytadan ulang.
Kompyuterni HDMI kabeli orqali ulagandan so'ng tovush yo'qoldi.
  • Video kartangiz HDMI tovush chiqishni qo'llab-quvvatlashini aniqlash uchun ishlab chiqaruvchiga murojaat qiling. (DVI formatidagi video kartalar alohida tovush kabeli yordamida ulanishni talab etadi.)
Kompyuterga ulanganda, displey qisman ko'rsatmaydi yoki bir tomonga suriladi.
  • Yechimni kompyuterdan kirishni qo'llab-quvvatlashga o'rnating. (Agar bu yordam bermasa, kompyuterni qayta o'chirib yo'qing.)
  • [Bu xususiyat faqat ma'lum modellarda mavjud.]
    Ekran-ni tanlang va Joylashuvi / Hajmi / Faza-ni sozlang.
SmartShareTM filmlarni ko'rish muammosi
Muammo Yechim
Men Filmlar ro'yxatida fayllarni ko'rmayapman.
  • USB xotira jamlovchisidagi faylni kompyuterda o'qilishi mumkinligni tekshiring.
  • Fayl kengaytmasi qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
"Bu fayl haqiqiy emas." xabari paydo bo'ladi yoki tovush OK bo'lsa ham tasvirni namoyish qilish yaxshi emas.
  • Kompyuterdagi video pleyerda ushbu fayl yaxshi ishlashiga ishonch hosil qiling. (Buzilgan fayllarni tekshiring.)
  • Kompyuter bunday yechimni qo'llab-quvvatlashini tekshiring.
  • Video / audio kodekning qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
  • Kadrlar chastotasi qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
"Audio qo'llab-quvvatlanmaydi." xabari paydo bo'ladi yoki tasvir OK bo'lsa ham tovushni chiqarish yaxshi emas.
  • Kompyuterdagi video pleyerda ushbu fayl yaxshi ishlashiga ishonch hosil qiling. (Buzilgan fayllarni tekshiring.)
  • Kompyuter bunday audio kodekni qo'llab-quvvatlashini tekshiring.
  • Raqamli oqim tezligi qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
  • So'rov chastotasi qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
Tagsarlavhalar ko'rsatilmayapti.
  • Kompyuterdagi video pleyerda ushbu fayl yaxshi ishlashiga ishonch hosil qiling. (Buzilgan fayllarni tekshiring.)
  • Video fayl nomi tagsarlavha nomi bilan bir xil ekanligini tekshiring.
  • Video va tagsarlavha fayllari bitta papkada ekanligini tekshiring.
  • Tagsarlavha formati qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
  • Tagsarlavha tili qo'llab-quvvatlanishini tekshiring. (Tilni tekshirish uchun Tagsarlavha fayllari Bloknotda ochilishi mumkin.)
Signalni testdan o'tkazish
[Bu xususiyat faqat ma'lum mamlakatlarda mavjud.]
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar QO'LLAB-QUVVATLASH Signalni testdan o'tkazish
MUX va Xizmat ma'lumoti va boshqalarni ko'rsatadi. Agar siz Antenna va sun'iy yo'ldosh, yoki Kabel va sun'iy yo'ldoshni tanlasangiz, Antenna yoki Kabel uchun Signalni testdan o'tkazish ko'rsatiladi.
Texnik yordam uchun murojaat qilish
Kerakli xizmatlar bo'yicha ma'lumot olish uchun quyidagi menyuga o'ting.
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar QO'LLAB-QUVVATLASH Mahsulot / Xizmat ma'lumoti.