DLNA-ga ulanish
Televizor va smartfon bitta tarmoqda bo'lishlari shart.
- Smartfonda Wi-Fi yoqilganligiga ishonch hosil qiling.
- Smartfondagi tarkibni baham ko'rish uchun smartfonda ilovani o'rnating va yoqing.
- "Mening mobil telefonim tarkibini baham ko'rish"ni ishga tushiring.
- Ijro etish uchun siz istagan tarkib turini (video / musiqa / fotosurat) tanlang.
- Televizorda ko'rish uchun video, musiqa yoki fotosurat faylini tanlang.
- O'ynatish ro'yxatiga Qo'shmoqni tanlang.
- O'zingiz tarkibni o'ynatmoqchi bo'lgan qurilmada televizor modeli nomini tanlang.
(Televizor modeli nomi qurilmadagi yorliqdadir.) - O'ynatmoq (
) Tanlangan faylni televizorda ko'rsatadi.
Agar kompyuterning operatsion tizimi Windows 7 yoki Window 8 yoki DLNA -sertifikatsiyasidan o'tgan qurilma (misol, mobil telefon) tarmoq orqali ulangan bo'lsa, siz musiqa / videolar / fotosuratlarni televizorda alohida dastur o'rnatmasdan ko'rishingiz mumkin.
- Televizor va kompyuterni xuddi shu tarmoqqa sozlang. Windows 7 yoki Window 8 o'rnatilgan kompyuterni shu tarmoqqa sozlang.
- O'zingiz o'ynatmoqchi bo'lgan musiqa / video / fotosurat fayliga o'ng tugmani bosing va Windows 7 yoki Windows 8 bilan birga beriladigan "Masofadan o'ynatish" xususiyatidan foydalaning.
Mobil telefon kabi qurilmadan tarkibni o'ynatish uchun qurilmaning foydalanuvchi qo'llanmasiga qarang. - Tarkib faqat agar bittadan ortiq televizor yoki qurilma ulangan bo'lsa ham, bitta qurilmada ijro etiladi. O'ynatish tezligi turli bo'lib tarmoq tezligiga bog'liqdir.
- Televizor va kompyuterni xuddi shu tarmoqqa sozlang.
DLNA xizmatini faollashtirish uchun televizor va har qanday qurilma yagona kirish nuqtasi orqali ulanishi shart. - Veb-saytdan
SmartShareTM ShK dasturini kompyuterga o'rnating. O'rnatishdan avval barcha ishlayotgan dasturlarni, jumladan brandmauer va antivirus dasturlarini yoping. - Televizorda baham ko'rilgan faylni ko'rish uchun server faollashtirilgan bo'lishi kerak.
Veb-sayt to'g'risida ma'lumotlar olish uchun
Sozlanmalar QO'LLAB-QUVVATLASH Mahsulot / Xizmat ma'lumotlari-ga o'ting.
Sozlanmalar QO'LLAB-QUVVATLASH Mahsulot / Xizmat ma'lumotlari-ga o'ting. Agar DLNA xususiyati yaxshi ishlamasa, tarmoq sozlashlarini tekshiring.
Agar DLNA rejimida yagona serverga bittadan ortiq televizor ulangan bo'lsa, serverning xususiyatlariga bog'liq bo'lib tarkib o'ynamasligi mumkin.
Hatto televizor qo'llab-quvvatlaydigan fayl turlari uchun DLNA server atrof-muhitiga bog'liq ravishda qo'llab-quvvatlanadigan fayl turlari farq qilishi mumkin.
Bitta papkaning ichida juda ko'p bo'lgan papkalar va fayllar noto'g'ri ishlashning sababi bo'lishi mumkin.
Agar tagsarlavha fayli kechroq qo'shilgan bo'lsa, baham ko'rilgan papkani o'chiring va qaytadan yuklaning.
ULTRA HD video (3840 X 2160) fayli ishlamaydi.