Tag On nima?
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud.]
Tag On NFC (Yaqin harakat maydoni aloqasi (Near Field Communication))-ga ega bo'lgan smartfonlarda foydalanishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar o'tkazish texnologiyasidir. Smartfoningizni shunchaki Tag On nakleykasiga tegizish orqali siz smartfoningiz va televizor o'rtasida tarkiblarni baham ko'rishingiz mumkin.
Tag On-dan foydalangan holda smartfonni televizorga ulash uchun ular bitta Wi-Fi tarmoqqa ulangan yoki smart televizordagi MiracastTM / Intel's WiDi Yoqish-ga o'rnatilgan bo'lishi kerak.
Nakleykani televizorning metall qismlariga yopishtirmang. Aks holda smartfon Tag On nakleykasini taniy olmaydi.
Tag On nakleykasini ezmang yoki bukmang. Aks holda Tag On tanib olinmaydi.
Tag On nakleykasini sotib olish uchun LG Electronics xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Ushbu funksiya faqat Android 4.0 (ICS) yoki undan yuqori OTga ega bo'lgan smartfonlardagina qo'llab-quvvatlanadi.
Tag On-ni birinchi marta ishga tushirish
Smartfoningizni NFC-dan foydalangan holda televizorga ulash uchun Tag On ilovasini smartfonga o'rnating va haqiqiylik tekshirish jarayonini nihoyasiga yetkazing.
  1. Smart TV-ning smartfon bilan bitta tarmoqqa ulanganligiga ishonch hosil qiling.
    Agar Wi-Fi-ni yoqib bo'lmasa, This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar Tarmoq MiracastTM / Intel's WiDi-ga o'ting va Yoqish-ga o'rnating.
  2. Smartfonning NFC funksiyasini yoqing va O'qish/Yozish va P2P rejimi-ga o'rnating.
    NFC-ni yoqish va rejimni o'rnatish to'g'risida ko'proq ma'lumotlar olish uchun smartfoningizning foydalanuvchi qo'llanmasiga qarang.
  3. Smartfoningizning Tag On nakleykasiga teging.
    Smartfon ekranidagi ko'rsatmalarga so'zsiz amal qiling va Tag On ilovasi va LG TV Remote ilovasini o'rnating
  4. Yana smartfonning Tag On nakleykasiga teging.
  5. Smart TV ekranida namoyish qilingan juftlashtirish kalitini smartfonga kiriting.
    Ikki yoki undan ko'proq televizorlar aniqlangan hollarda juftlashtirish kaliti faqat qurilmalar ro'yxatida o'zingiz ulamoqchi bo'lgan televizor tanlangandan keyingina namoyish qilinadi.
  6. Ulanish to'g'ri amalga oshirilganda, siz Tag On-dan foydalanishingiz mumkin.
Ulangan televizor to'g'risidagi ma'lumotlar Tag On nakleykasiga saqlab qo'yiladi. Siz smartfondagi Tag On ilovasining Sozlanmalar menyusida ma'lumotlarni o'zgartirishingiz yoki qaytadan o'rnatishingiz mumkin.
Tag On-dan foydalanish
NFC funksiyasi yoqilgan smartfondagi tarkiblarni baham ko'rish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.
  1. NFC funksiyasi yoqilgan smartfonni Tag On nakleykasiga tekizing.
  2. Smart TVni ulash uchun smartfonda Tag On ilovasi ishga tushadi.
    • Wi-Fi tarmog'idan foydalanish uchun Smart TVning smartfon bilan bitta tarmoqqa ulanganligiga ishonch hosil qiling.
    • Agar Smart TV va smartfon bitta tarmoqqa ulanmagan bo'lsa, Wi-Fi Direct-dan foydalaning.
Agar Tag On ilovasi o'rnatilmagan bo'lsa, o'rnatish sahifasi avtomatik ravishda namoyish qilinadi.
Smartfon va televizor o'rtasida tarkiblarni baham ko'rish to'g'risida ko'proq ma'lumotlar olish uchun Tag On ilovasi yordamiga murojaat qiling. Smartfoningizdagi Tag On ilovasini ishga tushirish uchun cherting va yordamni ko'rish uchun Sozlanmalar menyusini tanlang.