Premium xizmatidan foydalanish
PREMIUM
Bu xizmat sizga video, yangiliklar va UCC kabi keng ko'lamdagi tarkiblarga o'zingiz tarmoqqa ulangan istalgan vaqtda osongina kirishingizga imkon beradi. Premium tarkib uchun mamlakatga xoz maxsuslashtirilgan xizmatlar mintaqaviy madaniy qiziqishlarni hisobga olgan holda global ravishda taqdim etiladigan tarkibga qo'shimcha ravishda taqdim etiladi.
Ko'rsatilgan tasvir televizoringizdan farq qilishi mumkin.

- Izlash
- Kirish
- Premium tarkib
O'zingiz foydalanmoqchi bo'lgan Tarkibni tanlang. - My Apps-ga qo'shish
- Parametrlarni o'rnatadi
Pullik tarkibdan foydalanish
Ayrim Premium tarkiblar uchun to'lov olinadi. To'lov asosidagi xizmatlar uchun to'lov LG Electronics kompaniyasining xususiy to'lov timizi yoki tegishli tarkib ta'minotchisining to'lov tizimi orqali amalga oshiriladi.
LG kompaniyasining to'lov tizimidan foydalanishdan avval siz a'zolik uchun ro'yxatdan o'tishingiz va pullik tarkibni xarid qilish uchun televizor yoki veb-saytda (www.lgappstv.com ) to'lov ma'lumotlarini ro'yxatdan o'tkazishingiz kerak.
Siz televizoringiz yoki veb-saytimizdagi kirish ekranida a'zolik uchun ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Keyin siz bitta identifikator bilan televizoringiz va veb-saytga kirishingiz mumkin.
- Kirish uchun bosh sahifadagi ekranning yuqori o'ng tarafidagi Kirish tugmasiga cherting.
- Kerakli Premium xizmatiga o'tkazadi.
(Ayrim premium xizmatlari uchun premium xizmatiga ro'yxatdan o'tgandan so'ng alohida tizimga kirish talab qilinadi.) - Tarkib uchun narxlar va xizmat ko'rsatish ma'lumotlarini ko'rib chiqqandan keyin Xarid qilish tugmasiga cherting. (Tarkibga bog'liq ravishda foydalanish muddati va soniga cheklanishlar mavjud bo'lishi mumkin.)
- Xarid qilish jarayoni tugallangach, Sotib olish tugmasini bosish orqali xarid qilgan tarkibingizni ko'rib chiqing.
- Bosh ekranning yuqori menyusida identifikatoringizni tanlang va Mening sahifam To'lov so'rovi-dan xaridlar tarixini tekshiring. U yana veb-saytning (
www.lgappstv.com ) Mening sahifam Xaridlar tarixi-da ham mavjud.
Veb-saytdan (www.lgappstv.com ) ayrim mamlakatlarda foydalanib bo'lmaydi.
Premium xizmatini qaytadan o'rnatish
PREMIUM Parametr Premium-ni ishga tushirish
Premium ro'yxati, Premium ma'lumotlari, mamlakat sozlanmasi va foydalanuvchining kirish ma'lumotlarini qaytadan o'rnatadi. Qayta o'rnatish Premium xizmatini yangilash vaqtida yuz beruvchi xatoliklarni bartaraf qiladi.
Xizmat ta'minotchilari tomonidan taklif qilinadigan tarkiblar ular ko'rsatayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun avvaldan xabar qilmasdan o'zgartirilishi yoki o'chirilishi mumkin. Tarkib to'g'risidagi savollar, nosozliklarni bartaraf etish yoki so'nggi ma'lumotlar uchun tegishli tarkib ta'minotchisining veb-sahifasiga qarang. LG Electronics hattoki xizmat ta'minotchisi tomonidan xizmat ko'rsatish to'xtatib qo'yilgan hollarda ham, tarkib xizmatlari uchun hech qanday huquqiy javobgarlikni nazarda tutmaydi.
Premium xizmatining sifatiga internet ulanishingizning sifati ta'sir ko'rsatishi mumkin. Internet tezligi yoki boshqa xizmat ko'rsatish muammolariga bog'liq bo'lgan savollaringiz bilan Internet provayderingizga murojaat qiling.
Eng yaxshi xizmat sifati uchun biz 4,0 Mb/s (1,5 Mb/s yoki tezroq) tezlikda xizmat ko'rsatuvchi Internet provayderiga ulanishni tavsiya qilamiz. Agar sizda birorta Internet tezligi bilan bog'liq muammo mavjud bo'lsa, Internet provayderingizga murojaat qiling.
Ayrim tarkib ta'minotchilari yoshlar uchun mos bo'lmagan tarkiblarni taklif qilishlari mumkin. Ota-ona nazorati tavsiya qilinadi.