Smart TV uchun tez-tez so'raladigan savollar
LG Smart World-dan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tish talab qilinadi.
Ro'yxatdan o'tishingiz bilan bepul ilovalardan darhol foydalanishingiz mumkin, biroq pullik ilovalardan foydalanishingiz uchun o'zingizning to'lov usulingizni ro'yxatdan o'tkazishingiz kerak.
Siz televizorda yoki veb-saytimizda ro'yxatdan o'tishingiz va to'lov usulingizni ro'yxatdan o'tkazishingiz mumkin.
(www.lgappstv.com)
Muammo Yechim
Menyuga kirilganda "Ishga tushirish" xabari doimo namoyish qilinadi.
  • "Ishga tushirish" xabari mikroprotsessor va apparat qismni qayta ishga tushirish, tarmoq aloqalarini va SDP (qurilmani autentifikatsiya qilish va asosiy ma'lumotlarni yuklab olish) bilan aloqalarni o'rnatishning qancha vaqt olishini ko'rsatadi. U taxminan 20 soniya vaqtni oladi va bu oddiy jarayon.
Premium kartasida ko'rsatilgan birorta ham tarkib mavjud emas.
  • Smart TV-dagi mamlakat sozlanmasi o'zgartirilsa, tarkib ko'rsatilmasligi mumkin.
    This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar PARAMETR Xizmat mamlakati parametri-da kerakli mamlakat sozlanmasiga o'zgartiring.
Internet xususiyatlaridan foydalanganda ayrim Veb-sahifalarda bo'sh joy mavjud bo'ladi.
  • Televizorning interneti Flash dasturining 11-versiyasigacha qo'llab-quvvatlaydi va quyidagilardan boshqa formatdagi fayllarni qayta o'ynata olmasligi mumkin:
    JPEG, PNG, GIF
Veb-saytga tashrif buyurganda internet avtomatik ravishda yopiladi.
  • Veb-sahifadagi tasvir ma'lumotlarining katta hajmdaligi tufayli xotira yetarli bo'lmagan hollarda internet majburiy tarzda yopilishi mumkin.
Men allaqachon televizorda ro'yxatdan o'tganman. Veb-saytda yana ro'yxtadan o'tishim kerakmi?
(www.lgappstv.com)
  • Agar siz televizorda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, LG veb-saytida (www.lgappstv.com) yana ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi.
    Televizorda ro'yxatdan o'tgandan so'ng, o'sha identifikator va paroldan foydalangan va elektron pochta manzilini tasdiqlash jarayonini tugallash uchun qo'shimcha ma'lumotlarni kiritgan holda veb-saytga kirishingiz mumkin.
Oilaning har bir a'zosi yagona televizorda turli identifikatorlardan foydalanishlari mumkinmi?
  • Bitta televizorda bittadan ortiq identifikatorni ro'yxatdan o'tkazishi va foydalanishi mumkin.
  • Televizor bilan ro'yxatdan o'tkazilgan identifikatorni This is the Home button on the Magic remote control. Kirish Identifikatorlar ro'yxati-dan tekshirish.
  • Siz har bir identifikator tomonidan xarid qilingan ilovalar ro'yxatini tekshirishingiz mumkin. Biroq siz This is the Home button on the Magic remote control. Kirish Mening sahifam-da har bir identifikator tomonidan o'rnatilgan ilovalarni ko'rishingiz mumkin.
Agar identifikatorimni esdan chiqarib qo'ysam, nima qilishim kerak?
  • Kompyuterda ro'yxatdan o'tgandan keyin zarur bo'lgan hollarda veb-saytdagi (www.lgappstv.com) "Identifikatorni unutib qo'yish?" xususiyatidan foydalaning.
  • Televizorda ro'yxatdan o'tgandan keyin uni This is the Home button on the Magic remote control. Kirish Identifikatorni topish-dan tekshiring.
Men LG TV Apps veb-saytidan ilova xarid qildim. Men undan televizorda qanday qilib foydalana olaman?
  • Televizordan xarid qilingan ilovalarni tekshirish uchun kiring va Xarid qilingan ilovalar menyusini oching.
    Bosh sahifaning yuqori qismida identifikatorni tanlang va Mening sahifam Xarid qilingan ilovalar-da tekshiring.
O'zimning xarid qilgan ilovalarim tarixini tekshirishim mumkinmi?
  • Bosh sahifaning yuqori qismida identifikatorni tanlang va Mening sahifam Xarid qilingan ilovalar-da tekshiring.
  • Veb-saytga kiring (www.lgappstv.com) va keyin Mening sahifam Xarid qilinganlar tarixini tanlang.
Men pullik ilovani o'chirib yubordim. Uni yuklab olish uchun qaytadan xarid qilishim kerakmi?
  • Agar xarid qilingan ilova tasodifan o'chirib yuborilsa, u hali ham xizmatda bo'lgan hollarda uni qaytadan xarid qilmasdan yuklab olishingiz va qaytadan o'rnatishingiz mumkin.
    Bosh sahifaning yuqori qismida identifikatorni tanlang va Mening sahifam Xarid qilingan ilovalar-da ilovalarni qaytadan yuklab oling. (Avvalroq egalik qilingan ilovalarni dasturiy ta'minot versiyasiga bog'liq ravishda yuklab olib va ishga tushirib bo'lmasligi mumkin.)
LG Smart TV-ning LG Smart World ilovalardan ham televizor, ham kompyuterda foydalanishim mumkinmi?
  • Televizor modelining LG Smart World-ni qo'llab-quvvatlashini tekshiring.
  • LG Smart TV-ning LG Smart World-dan beriladigan ilovalardan faqat LG Smart TV-da foydalanish mumkin.
  • Ilovalarni veb-saytdan (www.lgappstv.com) xarid qilish mumkin, biroq shaxsiy kompyuter yoki Makintosh kompyuterlarida foydalanib bo'lmaydi. Xarid qilishda ehtiyot bo'ling.
Hozirda televizorga kirgan identifikatorni qanday qilib tekshira olaman?
  • Bosh sahifaning yuqori qismida identifikatorni tanlang va Mening sahifam Mening ma'lumotlarim-da hozirda kirgan identifikatorni tekshiring.
Men televizorga ilova o'rnatdim. Men o'rnatilgan ilovani qayerda ko'rishim mumkin?
  • This is the Home button on the Magic remote control. Mening ilovalarim-ni tanlang. Televizorga o'rnatilgan barcha pullik va bepul ilovalar namoyish qilinadi.
Ekranda ko'rsatilgan ilova hajmi bilan televizorga o'rnatilgan ilovaning haqiqiy hajmi o'rtasida farq mavjud.
  • Ekranda ko'rsatilgan ilova hajmi ilovalarni o'rnatish uchun talab qilinadigan qo'shimcha joyni o'z ichiga oladi, shuning uchun u o'rnatilgan ilovaning haqiqiy hajmidan boshqacha bo'lishi mumkin.
Men televizorimdagi parolimni unutib qo'ydim. Nima qilishim kerak?
  • Agar televizoringizda ro'yxatdan o'tganda faqat identifikator va parolni taqdim etgan bo'lsangiz, parolni yo'qotgandan keyin uni qayta tiklay olmaysiz. Yangi identifikator yarating va o'sha identifikator bilan tizimga kiring.
  • Agar siz televizoringizda yoki LG veb-saytida
    (www.lgappstv.com) ro'yxatdan o'tganda identifikator va paroldan boshqa ma'lumotlarni ham taqdim etsangiz, veb-saytda parolni qayta tiklashingiz mumkin.
Pullik ilovalarni xarid qilish uchun to'lov ma'lumotlarini veb-saytda saqlashim kerakmi?
  • Pullik ilovalarni televizoringizda xarid qilish uchun quyidagi to'lov usullaridan foydalanish mumkin: kredit kartochkasi, kreditlar va operator billingi.
    Kredit kartochkangiz yoki kreditlardan foydalanib, pullik ilovalarni xarid qilish uchun LG veb-sayti (www.lgappstv.com) bilan ro'yxatga olingan kredit kartochkasiga yoki yetarli kreditlarga ega bo'lishingiz kerak. Agar kredit kartochkangiz veb-sayt bilan ro'yxatga olinmagan bo'lsa yoki sizda yetarli kreditlar bo'lmasa, pullik ilovalarni operator billingi orqali ham xarid qilish mumkin. Agar ilovalarni veb-saytda xariq qilsangiz, quyidagi to'lov usullaridan foydalanishingiz mumkin: kredit kartochkasi yoki kreditlar.
Men o'zim xarid qilgan ilovani qaytarib berishim mumkinmi?
  • A'zo sifatida siz shunchaki xarid qilganingizdan keyin fikringizni o'zgartirganligingiz uchungina pulingizni qaytarib ola olmaysiz.
  • Agar mahsulotda nosozlik mavjud bo'lsa yoki mahsulotdan foydalangan vaqtda sizning harakatlaringiz natijasi bo'lmagan muammolar vujudga kelsa, siz to'lovni qaytarib berishni talab qilishingiz mumkin. Biroq to'lovni qaytarib berish uchun yetarli sabab taqdim etilishi kerak.
Men televizorimda ro'yxatdan o'tdim, biroq pullik ilovalarni xarid qila olmayapman.
  • Pullik ilovalarni xarid qilish uchun siz veb-sayt bilan ro'yxatga olingan kredit kartochkasiga ega bo'lishingiz kerak. (www.lgappstv.com)
    Shuningdek, siz uni veb-saytda almashtirish orqali ilovalarni xarid qilish uchun kreditingizga ega bo'lishingiz ham mumkin.
    Kredit kartochkangiz ma'lumotlari bizda ro'yxatdan o'tkazilmagan yoki sizda yetarli kreditlar mavjud bo'lmasa, pullik ilovalarni xarid qila olmaysiz.
Identifikatorim uchun men faqat elektron pochta manzilimdan foydalanishim kerakmi?
  • Yangi ro'yxatdan o'tgan a'zolar uchun identifikator formati harflar va raqamlar birlashmasidan elektron pochta manziliga o'zgartirildi.
  • Siz ro'yxatdan o'tishda identifikatoringiz uchun faqat elektron pochta manzilingizdan foydalanishingiz mumkin.
O'z identifikatorimni elektron pochta manzilimga o'zgartirishim kerakmi?
  • Yangi ro'yxatdan o'tgan a'zolar uchun identifikator formati raqamlar va harflar birlashmasidan elektron pochta manziliga o'zgartirildi.
  • Agar siz allaqachon a'zo bo'lgan bo'lsangiz, siz hali ham mavjud identifikatoringizdan foydalanishingiz yoki uni elektron pochta manzilingizga o'zgartirishingiz mumkin.
LG hisob qaydnomasi nima?
  • LG hisob qaydnomasi yagona identifikator va parol bilan barcha LG Smart xizmatlariga kirishga imkon beradi.
    Siz o'zingizning LG hisob qaydnomangiz bilan quyidagi xizmatlardan foydalanishingiz mumkin:
    LG Smart TV, LG Smart World (ayrim mamlakatlardan tashqari), LG Smart ThinQ va LG Smart air conditioning va hokazo.
  • Xizmatga bog'liq ravishda qo'shimcha ma'lumotlar talab qilinishi mumkin.