Yuqoriga > ISHLATISH-KIR YUVISH MASHINASI > Qo‘shimcha opsiyalar va funksiyalar > Yuvish dasturini sozlash

Yuvish dasturini sozlash

Har bir dastur avtomatik tarzda tanlanuvchi standart sozlamalarga ega. Bu tugmalardan foydalanib ushbu sozlamalarni sozlashingiz ham mumkin.

Стирка (Yuvish)

Kerakli kirlanganlik darajasi tanlangunicha Стирка (Yuvish) tugmasini qayta-qayta bosing.

  • Предв. стирка (Dastlabki yuvish): juda kirlangan kirlar uchun

  • Интенсивная (Intensiv): normal va juda kirlangan kirlar uchun

  • Стандарт (Standart): normal darajada kirlangan kirlar uchun

Izoh
  • Tanlangan dasturga bog‘liq ravishda tanlanuvchi opsiyalar farq qiladi.

Полоскание (Chayish)

Chayishlar sonini Полоскание (Chayish) tugmasini bosish orqali tanlash mumkin. Bu opsiya kir yuvish vositasiga allergiyasi bo‘lgan kishilar uchun tavsiya qilinadi.

Отжим (Siqish)

Bu tugmani takroran bosish orqali siqish jadalligini tanlash mumkin.

Siqish tezligini tanlash uchun Отжим (Siqish) tugmasini bosing.

Температура (Harorat)

Bu tugma tanlangan dastur uchun yuvish haroratini tanlaydi.

Kerakli sozlama yongunicha Температура (Harorat) tugmasini bosing.

  • Yuvish uchun kirlar turiga mos keladigan suv haroratini tanlang. Yaxshi natijaga erishish uchun kiyimdagi yorliqlarga amal qiling.

Kir yuvish dasturini sozlash uchun quyidagi qadamlarni bajaring:

  • Kiyimlarni tayyorlang va barabanga soling.

  • Quvvat tugmasini bosing.

  • Kir yuvish kukuni qo‘shing.

  • Yuvish dasturini tanlang.

  • Zarur hollarda kir yuvish dasturini sozlang (Стирка (Yuvish), Полоскание (Chayish), Отжим (Siqish) va Температура (Harorat)).

  • Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

Faqat Siqish funksiyasidan foydalanish

  • Kiyimlarni tayyorlang va barabanga soling.

  • Quvvat tugmasini bosing.

    • Kir yuvish dasturini tanlamang va kir yuvish vositasini qo'shmang.

  • Отжим (Siqish) tugmasini bosing.

  • Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

Izoh
  • Agar ushbu kir yuvish dasturni tanlasangiz, faqat siqish siklini tanlay olmaysiz. Agar bu yuz bersa, mashinani o‘chirib-yoqish uchun Quvvat tugmasini ikki marta bosing.