Smartfon orqali jihozingizni masofadan boshqaring. Sikl ishlashini nazorat qilish ham mumkin, bunda sikl yakunlanguniga qadar qancha vaqt qolganligi haqida ma'lumot olasiz.
Barabanga kiyimlarni soling.
Quvvat tugmasini bosing.
Masofadan boshqarish funksiyasini yoqish uchun Удaлeнный cтaрт (Masofadan ishga tushirish) tugmasini 3 soniya bosib turing.
Kir yuvish mashinasini ishga tushirish uchun smartfondagi LG ThinQ ilovasida birorta siklni ishga tushiring.
Bu funksiya yoqilgach, smartfondagi LG ThinQ ilovasi yordamida faqat siklni ishga tushirish mumkin. Sikl ishga tushirilmasa, ilova yordamida sikl o‘chirilmaguncha yoki bu funksiya o‘chirib qo‘yilmaguncha ilova masofadan ishga tushirish buyrug‘ini kutib turadi.
Agar eshik ochiq bo‘lsa, siklni masofadan ishga tushira olmaysiz.
Bu funsiya faollashtirilganda Удaлeнный cтaрт (Masofadan ishga tushirish) tugmasini 3 soniya bosib turing.
Ushbu funksiyani sozlash jihozni avtomatik ravishda ishga tushirish va belgilangan vaqtdan keyin tugatish imkonini beradi.
Barabanga kiyimlarni soling.
Quvvat tugmasini bosing.
LG ThinQ ilovasini ishga tushiring va mahsulotni tanlang.
Kir yuvish uchun kir yuvish mashinasini tanlang.
Quritish uchun quritgich tanlang.
Yuvish yoki quritish dasturini tanlang.
Тaймep (Yuvishni kechiktirish) tugmasiga teging va kechikish vaqtini o‘rnating.
Kir yuvish mashinasini ishga tushirish uchun smartfondagi LG ThinQ ilovasida birorta siklni ishga tushiring.
Yuvishni kechiktirish dasturning boshlanishini emas, balki tugash vaqtini belgilaydi. Haqiqiy ishlash vaqti suvning harorati, kiyimlar hajmi va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.
Bu funksiya uchun suyuq kir yuvish vositasini ishlatmang.