Quyidagi ko‘rsatmalarni bajargan holda tuklar filtrlarini to‘g‘ri usulda tozalang. Bunday qilmaslik issiqlik almashtirgichda to‘planib qolgan tuklarning to‘g‘ri tozalanmasligiga olib kelishi mumkin.
Tuklar filtrlarini chiqarib olishdan avval jihozdan barcha kirlarni olib qo‘ying.
Tuklar filtrlarini tozalagandan keyin ularni qayta joyiga joylang. Agar tuklar filtrlari jihozda bo‘lmasa, jihozni ishlata olmaysiz.
filtrlarni tozalashda mikroplastmassalarning ishlatiladigan suv tizimida tarqalishining oldini olish uchun tuklar axlat qutisiga tashlanmasligi va drenaj orqali yuvilmasligi kerak.

Ichki filtr
Foydalishdan avval va keyin doimo ichki filtrni tozalang.
Tashqi filtr
Tashqi filtrni 10 marta quritgandan keyin yoki tashqi filtrga tuklar to‘planib qolganida tozalang.
Har safar 10 ta quritish siklidan so'ng signal chalinadi va K belgi o'chib yonadi.
Ichki filtrni tashqi filtrdan tortib chiqaring va keyin ichki filtrni oching.
Uni strelkalar yo‘nalishida bo‘shatish orqali filtrni oching.

Avval katta tuklarni tozalang, keyin qo‘l yordamida yoki changyutgichdan foydalanib qoldiq tuklarni tozalang.
Filtrni zararlamaslik uchun ortiqcha kuch ishlatmang.
Agar filtr nam bo‘lsa, uni yaxshilab quriting. Bunday qilmaslik jihozdan noxush hidlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Foydalanilgan to‘qimani axlat qutisiga tashlang.
Uning markazidan bosish orqali filtrni to‘liq yoping.
Ichki filtrning chap va o‘ng tomonlarining to‘g‘ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.
Ichki filtrni tashqi filtrga kiriting.
Filtrga kirish atroflaridagi changlar yoki tuklarni olib tashlang.

Tuklar filtr ichiga tushganida bu quritish samaradorligini pasaytirishi va quritish vaqtini oshirishi mumkin.
Tashqi filtrni tortib chiqaring.
Ichki filtrni chiqarib oling.
Tashqi filtr qirrasining ustki qismidan ushlang va oching.

Qoldiq tuklarni qo‘l bilan yoki changyutgichdan foydalanib tozalang.
Filtrni zararlamaslik uchun ortiqcha kuch ishlatmang.
Agar filtr nam bo‘lsa, uni yaxshilab quriting. Bunday qilmaslik jihozdan noxush hidlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Foydalanilgan to‘qimani axlat qutisiga tashlang.
Filtrning yon tomonini a bosgan holda tashqi filtrni yoping.

Filtrning yon tomonining to‘g‘ri yopilganligiga ishonch hosil qiling. Bunday qilmaslik filtrda to‘plangan tuklarning jihozga kirishiga olib kelishi va bu quritish samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Ularni yoping va har ikkala tuklar filtrini qaytadan joyiga soling.

Tuklar filtri joyiga solinmaganida kirlarni solmang yoki chiqarib olmang. Kirlar filtr solinadigan joyga tushib ketishi va bu jihozning nosozligiga olib kelishi mumkin.