Yuqoriga > NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH > Kir yuvish mashinasi > Ishlatish

Ishlatish

Suv oqib ketayapti.

Sababi

Uydagi drenaj quvurlari tiqilib qolgan.

Yechim
  • Chiqindi quvurlarini tozalang. Zarur bo‘lsa, santexnik chaqiring.

Sababi

Drenaj shlangi noto‘g‘ri o‘rnatilganligi yoki tiqilib qolganligi sababli suv sizib chiqmoqda.

Yechim
  • Drenaj shlangini tozalang va to‘g‘rilang. Drenaj filtrini muntazam ravishda tekshirib va tozalab turing.

Sababi

Suv chiqarish nasosi filtri qopqog‘i to‘g‘ri solinmagan.

Yechim
  • Drenaj nasosi filtrini qayda soling.

Jihoz ishlamayapti.

Sababi

Faolsizlik tufayli boshqaruv paneli o‘chib qolgan.

Yechim
  • Bu tabiiy holat. Jihozni yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.

Sababi

Jihoz rozetkadan uzib qo‘yilgan.

Yechim
  • Vilkaning ishlayotgan rozetkagan mahkam suqilganligiga ishonch hosil qiling.

Sababi

Suv ta’minoti o‘chirilgan.

Yechim
  • Suv ta’minoti jo‘mragini to‘liq oching.

Sababi

Boshqaruv tugmalari to‘g‘ri sozlanmagan.

Yechim
  • Dasturning to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Eshikni yoping va Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

Sababi

Eshik ochiq qolgan.

Yechim
  • Eshikni yoping va uning to‘liq yopilishiga halaqit beruvchi hech narsaning eshik ostida tiqilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Sababi

Avtomatik o‘chirgich/saqlagich o‘chib qolgan/kuygan.

Yechim
  • Uydagi zanjir uzgichlar/saqlagichlarni tekshiring. Saqlagichlarni almashtiring yoki zanjir uzgichlarni qaytadan o‘rnating. Jihoz maxsus zanjirga ulangan bo‘lishi kerak. Quvvat qaytadan berilganida jihoz dasturni to‘xtagan joyidan davom ettiradi.

Sababi

Boshqaruv qayta sozlanishi zarur.

Yechim
  • Quvvat tugmasini bosing, keyin kerakli dasturni qaytadan tanlang va Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

Sababi

Sikl o‘rnatilganidan keyin Boshlash/To‘xtatish tugmasi bosilmagan.

Yechim
  • Quvvat tugmasini bosing, keyin kerakli dasturni tanlang va Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing. Agar Boshlash/To‘xtatish tugmasi ma’lum vaqt ichida bosilmasa, jihoz o‘chadi.

Sababi

O‘ta past suv bosimi

Yechim
  • Uydagi suv bosimining mos ekanligiga ishonch hosil qilish uchun uydagi boshqa jo‘mrakni tekshiring.

Sababi

Jihoz suvni isitadi yoki bug' hosil qilmoqda.

Yechim
  • Ma’lum sikllar davomida suv o‘rnatilgan haroratgacha isitilar ekan, baraban vaqtinchalik ishlashdan to‘xtashi mumkin.

Tugmalar tegishli tarzda ishlamasligi mumkin.

Sababi

Блокировка (Bolalardan himoyalash) opsiyasi faollashtirilgan.

Yechim
  • Zarur hollarda Блокировка (Bolalardan himoyalash) opsiyasini o‘chiring.

Eshik ochilmayapti.

Sababi

Jihoz ishga tushganida xavfsizlik sabablari tufayli eshikni ochib bo‘lmaslik mumkin.

Yechim
  • Bu oddiy holat. H o‘chganidan keyin eshikni bemalol ochishingiz mumkin.

Jihoz mos tarzda to‘lmayapti.

Sababi

Suv kiritish filtri tiqilib qolgan.

Yechim
  • To‘ldirish klapanlaridagi kiritish filtrlarining tiqilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Sababi

Suv kiritish shlanglari bukilib qolgan bo‘lishi mumkin.

Yechim
  • Kiritish shlanglarinig bukilib yoki tiqilib qolmaganligini tekshiring.

Sababi

Suv ta’minoti yetarli darajada emas.

Yechim
  • Issiq va sovuq suv jo‘mraklarining butunlay ochib qo‘yilganligiga ishonch hosil qiling.

Sababi

Issiq va sovuq suv ta’minot shlanglari teskari ulangan.

Yechim
  • Ta’minot shlanglari ulanishlarini tekshiring.

Jihozda chiqariladigan suv yo‘q.

Sababi

Drenaj shlangi bukilib qolgan.

Yechim
  • Drenaj shlangining bukilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Sababi

Drenaj shlangi poldan 1,2 m dan ko‘proq balandda joylashgan.

Yechim
  • Drenaj shlangining jihoz tag qismidan 1,2 m dan ko‘proq balandda joylashmaganligiga ishonch hosil qiling.

Kir yuvish vositasi to‘liq taqsimlanmagan yoki umuman taqsimlanmagan.

Sababi

Haddan tashqari ko‘p kir yuvish vositasidan foydalanilgan.

Yechim
  • Vosita ishlab chiqaruvchisining yo‘l-yo‘riqlariga amal qiling.

Sababi

Suv chiqarish nasosi filtri to‘silib qolgan bo‘lishi mumkin.

Yechim
  • Drenaj filtrini tozalang.

Sikl vaqti odatdagidan uzoqroq.

Sababi

Yuklanish juda kam.

Yechim
  • Jihozga yuklangan kirlarni muvozanatga keltirishga imkon berish uchun ko‘proq kir soling.

Sababi

Og‘ir buyumlar yengilroq buyumlar bilan aralashib ketgan.

Yechim
  • Jihozga yuklangan kirlar vaznini teng taqsimlashga imkon berish uchun o‘xshash vaznga ega bo‘lgan buyumlarni birgalikda yuvishga harakat qiling.

Sababi

Kirni yuklashda muvozanat saqlanmagan.

Yechim
  • Agar buyumlar o'ralib qolgan bo‘lsa, kirlarni qo‘lda qayta taqsimlashga urinib ko‘ring.

Sikl tugashi kechikadi.

Sababi

Muvozanatsizlik aniqlandi yoki sovuq ko‘piklarini olib tashlash dasturi yoqilgan.

Yechim
  • Bu odatiy holat. Displeyda ko‘rsatiladigan qolgan vaqt taxminiy davomiylikdir. Asl vaqti boshqacha bo‘lishi mumkin.