Jihozda noxush hidlar mavjud.
Jihozdan ilk marta foydalanayapsizmi?
Hid qurilma ichidagi rezina materialdan kelib chiqadi. Jihoz yangi bo‘lganida normal hid paydo bo‘ladi va u bir necha marta ishlagandan keyin yo‘qoladi.
Foydalanish vaqtida hid chiqayotganini sezayapsizmi?
Kiyimlarni yuvishda ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan kir yuvish vositasi miqdoridan oshirib yubormang. Haddan tashqari kir yuvish vositalari kiyimda to‘planib, hidni keltirib chiqarishi mumkin.
Sikl yakunlanganidan keyin kiyimlarni kir yuvish mashinasida yoki quritgichda qoldirish hid paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Sikl yakunlanishi bilan kiyimni darhol chiqarib oling.
Ventilyatorsiz modellar uchun quritgandan keyin quritgich eshigini ochiq qoldiring yoki eshikni bir oz ochiq holda saqlash uchun magnit eshik to‘xtatgichidan (ba’zi modellarda) foydalaning.
Agar kir yuvish mashinasidan hid chiqsa, yuvish vannasini/barabanini tozalash uchun mahsulot qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Ikkala tuklar filtrini ham toza tuting. Tiqilgan yoki iflos tuklar filtrlari hidga olib kelishi mumkin. Tuklar filtrini tozalagandan so‘ng, uni ishlatishdan oldin uni to‘liq quriting.
Очистка барабана (Barabanni tozalash) va Очистка конденсатора (Konditsatorni tozalsh) sikllarini TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH bo‘limidagi ko‘rsatmalarga amal qilgan holda davriy ravishda ishga tushirib turing.