Ko'p kirlarni quritish uchun Avtomatik dasturlardan foydalaning. Elektron sensorlar quritish haroratini ko‘tarish yoki pasaytirish uchun chiqishdagi haroratni o‘lchab turadi va bu yanada tezkor reaksiya vaqti va harorat boshqaruviga erishishda yordam beradi.
Quritish sikli vaqtida sovuq suv jo'mragi ochiq qoldirilishi kerak.
Ushbu jihozning yuvishdan quritishgacha bo‘lgan avtomatik jarayonini oson tanlash mumkin.
Bir maromda quritish natijasiga erishish uchun kiyimlarning barchasi o‘xshash turda va qalinlikda bo‘lishini ta’minlang.
Baraban ichiga juda ko‘p narsa solib jihozni yuklab tashlamang. Ular bemalol aylana olishi ta’minlanishi shart.
Agar jihoz o‘z dasturini nihoyasiga yetkazmasdan turib eshigini ochib kirlarni chiqarmoqchi bo‘lsangiz, Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosishni unutmang.
Quritish yakunlanganidan keyin displeyda ENd paydo bo‘ladi. Agar kiyimlar barabandan ma’lum davr mobayidan chiqarib olinmasa, displeyda Cd paydo bo‘ladi va kir yuvish mashinasi g‘ijimlanishlarni kamaytirish uchun kiyimlarni 4 soat davomida vaqti-vaqti bilan ag‘darib turadi. Bu funksiyani to‘xtatish uchun istalgan tugmani bosing va kiyimlarni barabandan chiqarib oling.
Quruq junli buyumlarni aylantirmang. Ularni asl shakliga keltiring va tekis holatda quriting.
Ayrim to‘qilgan materiallarmiqdoriga, sifatiga qarab chigallashib qolishi mumkin.
Ushbu to'qilgan buyumlarni quritgandan so‘ng darhol cho‘zib qo‘ying.
Jihozni ortiqcha yuklantirmang. G‘ijimlanishni kamaytirish uchun jihoz to‘xtashi bilan g‘ijimlanmaydigan buyumlarni olib tashlang.
Doimo ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga qarang.
Quritish dasturidan foydalanishdan avval adyollar va to‘shamalardagi matoga qarov yorliqlarini ko‘rib chiqing. Ayrim adyollar va to‘shamalar issiq havo tufayli kirishishi mumkin.
Rezina va plastik qismlariga ega buyumlarni quritmang. Masalan:
Fartuklar, bolalar oshxo‘ragi, stul yopinchiqlari
Pardalar va dasturxonlar
Vanna tagliklari
Jihozda shisha tolali buyumlarni quritmang. Kir yuvish mashinasi ichida shisha parchalari qolishi mumkin va kir parchalar kiyimlaringizga yopishib qolishi va teringizga shikast yetkazishi mumkin.
Jihozning quritish siklini o‘chirganingizda qurituvchi parrakning dvigateli o‘z maromi bilan 60 soniya davomida ishlab turishi mumkin.
Kirlarni jihozdan olayotganingizda ehtiyot bo‘ling, chunki ular qaynoq bo‘lishi mumkin.
Quritishning taxminiy vaqti avtomatik aylanish paytida haqiqiy quritish vaqtidan farq qiladi. Matoning turi, yuk hajmi va quruqligi tanlangan quritish vaqtiga ta'sir qiladi.
Faqat quritish rejimini tanlasangiz, baraban energiyani tejash maqsadida avtomatik tarzda aylanadi.