Havo filtrini bukmang, chunki u sinib qolishi mumkin.
Chang va boshqa moddalarning mahsulotga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun havo filtrini to‘g‘ri o‘rnating.
Moslamaning quvvatini o‘chiring.
Mahsulotning tepa tarafida joylashgan havo filtri dastasini toping.
Dasta
Havo filtri
Dastani biroz tepaga torting va keyin filtrni to‘liq chiqarish uchun oxirigacha ko‘taring.
Havo filtrini changyutgich bilan tozalang yoki uni iliq suv va yumshoq yuvish vositasi bilan yuving.
Filtrni soyada quriting.
Havo filtridagi bo‘rtiqlarni old panelning orqa qismidagi slotlarga joylashtiring.
Bo‘rtiqlar joyiga "tiq" etgan tovush chiqarib o‘tirguniga qadar pastga bosing.
Filtr to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qilish uchun filtrning butun old uzunligi bo‘ylab pastga bosing.