Qurilma normal ishlamayapti.
Jihozdan yongan hid va g‘alati tovushlar chiqmoqda.
Jihozni o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Namlik darajasi past bo‘lsa ham ichki blokdan suv sizib chiqmoqda.
Jihozni o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Quvvat kabeli shikastlangan yoki haddan ortiq qizib ketmoqda.
Jihozni o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Vyklyuchatel, avtomat (xavfsizlik, yerga ulash) yoki saqlagich tegishli darajada ishlamayapti.
Saqlagich kuyganmi yoki avtomatik vyklyuchatel ishga tushirilganmi?
Jihozni o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilma o‘zini-o’zini tashxislash funksiyasidan xatolik kodini chiqarmoqda.
Jihozni o‘chiring, quvvat manbaidan ajrating yoki uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Ventilyator tezligini sozlab bo’lmayapti.
Tezkor rejim yoki Avtomatik ishlatish rejimi tanlangan.
Ayrim ish rejimlarida siz ventilyator tezligini sozlay olmaysiz. Ventilyator tezligini sozlashingiz mumkin bo‘lgan ish rejimini tanlang.
Konditsioner tomonidan ishlab chiqarilgan havo oqimi ish paytida avtomatik ravishda sozlanishi mumkin.
Konditsioner belgilangan haroratga yetganda isitish vaqtida salqin havo oqimini hosil qilmaslik yoki sovutish paytida energiya sarfini va xona ichidagi namlik o‘zgarishini minimallashtirish uchun havo oqimi tezligini pasaytiradi.
Haroratni o‘zgartirib bo‘lmayapti.
Ventilyator rejimi yoki Tezkor oqim rejimi tanlangan.
Ayrim ish rejimlarida siz haroratni sozlay olmaysiz. Haroratni sozlashingiz mumkin bo‘lgan ish rejimini tanlang.
Qurilma ishlab turgan paytda to‘xtab qolmoqda.
Qurilma kutlmaganda o‘chib qolmoqda.
O‘chirish taymeri funksiyasining vaqti kelgan bo‘lib, taymer qurilmani o‘chirgan bo’lishi mumkin. Taymer sozlamalrini tekshiring.
Taymer bilan ishlashda xato qildingizmi?
Taymerni toʻg'ri oʻrnating.
Ishlayotgan paytda elektr toki o‘chib qoldi.
Elektr toki qayta kelishini kuting. Agar Avtomatik qayta ishga tushirish tushirish funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, elektr toki kelgandan keyin bir necha daqiqadan so‘ng oxirgi rejimda ishga tushadi.
Qurilma ishlamayapti.
Saqlagich kuygan yoki elektr ta’minoti uzilgan.
Saqlagichni almashtiring yoki avtomat o‘chib qolmaganligini tekshiring.
Qurilma elektr tarmog'idan uzilgan.
Elektr shnuri rozetkaga ulanganligini yoki quvvat izolyatorlari yoqilganligini tekshiring.
Elektr toki uzilib qoldi.
Elektr toki uzilganda qurilmani o‘chirib qo‘ying.
Elektr toki tiklanganida 3 daqiqa kuting, so‘ngra qurilmani yoqing.
Quvvat juda yuqori yoki juda past.
Avtomat o‘chib qolmaganligini tekshiring.
Qurilma o‘rnatilgan vaqtda avtomatik tarzda o‘chib qoldi.
Qurilmani yoqing.
Simsiz masofadan boshqarish pultida joylashtirilgan batareyalarning musbat manfiy tomonlari almashib qolgan.
Batareyalar simsiz masofadan boshqarish pultiga to‘g‘ri joylashtirilganligiga ishonch hosil qiling.
Agar batareyalar to‘g’ri joylashtirilgan bo’lsayu, qurilma hanuz ishlamasa, batareyani almashtiring va qayta urinib ko‘ring.
Ichki blokning havo kirish yoki chiqish teshiklari tiqilib qolganmi?
Toʻsiqlarni olib tashlang.
Qurilma sovuq havo chiqarmayapti.
Havo tegishli ravishda aylanmayapti.
Qurilmaning old qismini to‘sib qo‘yadigan pardalar, jalyuzi yoki mebel qismlari yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
Havo filtri kirlangan.
Havo filtrini har 2 haftada bir marta tozalang.
Batafsilroq ma’lumot uchun “Havo filtrini tozalash” bo‘limiga qarang.
Xona harorati juda baland.
Yozda xona ichidagi havoni to‘liq sovutish uchun biroz vaqt talab qilinishi mumkin. Bunday holda ichki havoni tez sovutish uchun Tezkor oqim rejimini tanlang.
Xona konditsioneri birinchi marta yoqilganda xona juda issiq boʻlishi mumkin.
Uning sovishi uchun vaqt bering.
Sovuq havo xonadan chiqib ketmorda.
Xonadagi ventilyatsion darchalardan sovuq havo chiqib ketmayotganligiga ishonch hosil qiling.
Kerakli harorat joriy haroratdan yuqori.
Kerakli haroratni joriy haroratdan pastroq qilib o‘rnating.
Yaqin atrofda isitish manbasi mavjud.
Havo konditsioneri ishlayotgan paytda elektr isitgich yoki gaz o‘chog‘i kabi ishiqlik manbalaridan foydalanishdan saqlaning.
Ventilyator rejimi tanlangan.
Ventilyator rejimida havo xona ichidagi havoni sovutmasdan yoki isitmasdan jihozdan chiqadi.
Ishlash rejimini sovutish rejimiga o‘tkazing.
Tashqaridagi harorat o‘ta yuqori.
Sovutish quvvati yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Qurilma issiq havo chiqarmayapti.
Isitish rejimi boshlanganda jalyuzi deyarli yopiladi va tashqi blok ishlayotgan taqdirda ham havo chiqmaydi.
Bu normal holat. Qurilma ichki blokdan puflash uchun yetarlicha iliq havo hosil bo‘lguncha kuting.
Tashqi blok Muzdan tushirish rejimida bo‘lishi mumkin.
Isitish rejimida tashqi harorat pasayganda muz va yax radiatorda hosil bo‘ladi. Muzdan tushirish rejimida radiatordagi muz qatlami olib tashlanishi kerak, bunga taxminan 15 dadida kerak bo‘ladi.
Tashqaridagi harorat o‘ta past.
Isitish quvvati yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Konditsioner ish paytida hosil boʻlgan havo oqimini oʻzgartiradi.
Jihoz kerakli haroratga yetganda, isitish vaqtida salqin havo oqimini hosil qilmaslik yoki sovutish paytida energiya sarfini va xona ichidagi namlik oʻzgarishini minimallashtirish uchun havo oqimi tezligi kamayadi.
Ushbu holat normaldir.
Konditsionerdan kondensat oqib chiqayotganga oʻxshaydi.
Konditsionerdan havo oqimi issiq xona havosini sovutganda kondensat paydo boʻladi.
Ushbu holat normaldir.