Har bir dastur avtomatik tarzda tanlanuvchi standart sozlamalarga ega. Bu tugmalardan foydalanib ushbu sozlamalarni sozlashingiz ham mumkin.
Bu tugma tanlangan dastur uchun yuvish haroratini tanlaydi.
Kerakli harorat displeyda ko‘rsatilmagunicha Температура (Harorat) tugmasini bosing.
Yuvish uchun kirlar turiga mos keladigan suv haroratini tanlang. Yaxshi natijaga erishish uchun kiyimdagi yorliqlarga amal qiling.
Bu tugmani takroran bosish orqali siqish jadalligini tanlash mumkin.
Siqish tezligini tanlash uchun Отжим (Siqish) tugmasini bosing.
Agar O siqish darajasi tanlansa, kir yuvish mashinasining barabani quritishdan avval aylanadi.
Kiyimlarni tayyorlang va barabanga soling.
Quvvat tugmasini bosing.
Kir yuvish kukuni qo‘shing.
Yuvish dasturini tanlang.
Zarur hollarda kir yuvish dasturini moslang (Температура (Harorat) yoki Отжим (Siqish)).
Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.
Kiyimlarni tayyorlang va barabanga soling.
Quvvat tugmasini bosing.
Kir yuvish dasturini tanlamang va kir yuvish vositasini qo'shmang.
Отжим (Siqish) tugmasini bosing.
Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.
Agar ushbu kir yuvish dasturni tanlasangiz, faqat siqish siklini tanlay olmaysiz. Agar bu yuz bersa, mashinani o‘chirib-yoqish uchun Quvvat tugmasini ikki marta bosing.