Yuqoriga > ISHLATISH > Boshqaruv paneli > Boshqaruv paneli va funksiyalar

Boshqaruv paneli va funksiyalar

*1

Bu boshqaruv paneli faqat ayrim modellarda mavjud.

1-boshqaruv paneli: Muzlatish kamerasi eshigida*1

A tur*1

B tur*1

  1. Fridge

    0 °C dan 6 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.

    • Sovutkichning dastlabki harorati 3 °C.

    Izoh
    • Joriy ichki harorat jihoz ichidagi oziq-ovqat mahsuloti holatiga qarab o‘zgaradi, chunki ko‘rsatilgan o‘rnatilgan harorat jihozning joriy harorati emas, balki ko‘zlangan haroratidir.

  2. Express Freeze

    Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.

    • Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.

    • Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.

  3. Hygiene Fresh*1

    Bu funksiya sovutkich ichidagi noxush hidlarni kamaytiradi.

  4. Wi-Fi

    Bu tugma jihozni uydagi Wi-Fi tarmog‘iga ulashga imkon beradi. LG ThinQ ilovasining dastlabki o‘rnatish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun Smart funksiyalar bo‘limiga qarang.

  5. Lock

    Bu boshqaruv panelidagi tugmalarni qulflab qo‘yadi.

    • Boshqaruv paneli tugmalarini qulflab qo‘yish uchun Qulflash tigmasini k ikonkasi paydo bo‘lgunicha va funksiya faollashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.

    • Bu funksiyasi o‘chirib qo‘yish uchun Qulflash tigmasini l ikonkasi paydo bo‘lgunicha va funksiya faolsizlashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.

Izoh
  • Energiyani tejash uchun boshqaruv paneli avtomatik ravishda o‘chadi.

  • Agar uni tozalash vaqtida biror barmoq yoki tana qismi boshqaruv paneliga tegib ketsa, ushbu tugma funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.

2-boshqaruv paneli: Muzvona ichida*1
  1. Fridge

    Sovuqdan Eng sovuqqacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.

    • Sovutkichning dastlabki harorati Normal.