Yuqoriga > AQLLI FUNKSIYALAR > LG ThinQ ilovasi > LG ThinQ ilovasini o‘rnatish va LG jihozini ulash

LG ThinQ ilovasini o‘rnatish va LG jihozini ulash

QR kodli modellar

Smartfoningizdagi kameradan yoki QR kodni o‘qish ilovasidan foydalanib mahsulotga biriktirilgan QR kodni skanerlang.

QR kodsiz modellar

  • Smartfonda Google Play Store yoki Apple App Store do‘konlaridan LG ThinQ ilovasini qidiring va uni o‘rnating.

  • LG ThinQ ilovasini ishga tushiring va mavjud hisobingiz bilan kiring yoki kirish uchun LG hisobi yarating.

  • LG jihozingizni ulash uchun LG ThinQ ilovasida qo‘shish (~) tugmasiga teging. Jarayonni yakunlash uchun ilovadagi ko‘rsatmalarni bajaring.

Izoh
  • Wi-Fi ni o‘rnatish vaqtida LG tarmoqqa (uy tarmog‘ingizga emas) ulanish uchun sizdan parolni kiritish so‘ralishi mumkin. Parol tarmoq nomining oxirgi 4 ta harfining hech qanday bo‘sh joysiz ikki marta takrorlanaishidir. Masalan, agar tarmoq nomi LG_XXXX_8b92 kabi ko‘rinishda bo‘lsa, parol sifatida 8b928b92 kiritasiz. Parolda katta va kichik harflar farq qiladi va oxirgi 4 ta harf jihozingiz uchun xosdir.

  • Wi-Fi aloqasini tekshirish uchun boshqaruv panelida f belgisi yonganini tekshiring.

  • Bu jihoz faqat 2,4 GGs chastotali Wi-Fi tarmoqlarda ishlaydi. Tarmoq chastotasini tekshirish uchun internet-provayderingizga murojaat qiling yoki simsiz router qo‘llanmasiga qarang.

  • LG ThinQ tarmoqqa ulanish muammolari yoki tarmoqda yuzaga kelgan har qanday nosozlik, noto‘g‘ri ishlash yoki xatolarni bartaraf qilish uchun mo'ljallanmagan.

  • Agar jihozlar Wi-Fi tarmog‘iga ulana olmasa, muammo jihoz rauterdan uzoqda joylashganligi sababli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Wi-Fi signalini kuchaytirish uchun Wi-Fi retranslyator (signal kuchaytirgich) sotib oling.

  • Uydagi tarmoq muhitiga qarab Wi-Fi ulanishi o‘rnatilmasligi yoki uzilib qolishi mumkin.

  • Internet ta’minotchisiga qarab tarmoq ulanishida muammolar yuzaga kelishi mumkin.

  • Atrofdagi simsiz aloqa muhiti tufayli simsiz tarmoq xizmati sekin ishlashi mumkin.

  • Simsiz signal uzatilishida muammo bo‘lsa, jihoz tarmoqqa ulana olmaydi. Jihozni o‘chiring va yana urinib ko‘rishdan avval taxminan bir daqiqa kuting.

  • Agar simsiz routeringizda brandmauyer yoniq bo‘lsa, brandmauyerni o‘chiring yoki uni istisnolar ro‘yxatiga kiriting.

  • Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va raqamlar birikmasidan iborat bo‘lishi lozim. (Maxsus belgilarni ishlatmang)

  • Smartfonning foydalanuvchi interfeysi (UI) mobil operatsion tizim (OS) va ishlab chiqaruvchiga qarab farq qilishi mumkin.

  • Agar routerning xavfsizlik protokoli WEP qilib belgilangan bo‘lsa, tarmoqni o‘rnatib bo‘lmaslik mumkin. Xavfsizlik protokolini o‘zgartiring (WPA2 tavsiya etiladi.) va mahsulotni yana ulang.