Noto‘g‘ri haroratda saqlanganda oziq-ovqat mahsulotlari muzlab qolishi yoki aynishi mumkin. Sovutkichni saqlanayotgan oziq-ovqatga mos bo‘lgan haroratga o‘rnating.
Muzlatilgan yoki sovutilgan oziq-ovqat mahsulotlarini zich yopiladigan idishlarda saqlang.
Jihozga oziq-ovqat mahsulotini qo‘yishdan avval uning iste‘mol qilinishi mumkin bo‘lgan muddati va yorlig‘ini (saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar) tekshiring.
Agar oziq-ovqat mahsuloti past haroratda tez aynib qoladigan bo‘lsa, u mahsulotni uzoq muddat saqlamang.
Muzlatilmagan oziq-ovqat mahsulotini bevosita muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan tarzda joylashtirmang. Agar har kuni muzlatish ko‘zda tutiladigan bo‘lsa, muzlatiladigan mahsulot miqdorini kamaytirish talab qilinishi mumkin.
Sovitilgan yoki muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotini darhol mos ravishda sovutgich yoki muzlatgich bo‘lmasiga qo‘ying.
Xom go‘sht va baliqni u boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga tegmasligi yoki ustiga tushmasligi uchun sovutkichda mos idishlarda saqlang.
Sovutilgan taomlar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sabzavotlar tortma qutisining tepasida saqlash mumkin.
To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatmang. To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatish uning mazasi va ozuqaviylik darajasini pasaytiradi.
Jihozni xaddan tashqari ortiqcha to‘ldirib yubormang. Agar jihoz ortiqcha to‘ldirib yuborilsa, sovuq havo mos darajada aylanmasligi mumkin.
Issiq ovqatni qo‘yishdan avval uni sovuting Agar jihoz ichiga juda ko‘p issiq oziq-ovqat mahsuloti qo‘yiladigan bo‘lsa, uning ichki harorati oshib ketishi va jihoz ichidagi boshqa mahsulotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Agar oziq-ovqat mahsuloti uchun juda past harorat o‘rnatgan bo‘lsangiz, u muzlab qolishi mumkin. Jihozda oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘ri saqlanishi uchun talab qilingan haroratdan past haroratni o‘rnatmang.
Agar jihozda salqinlatish bo‘lmasi mavjud bo‘lsa, tarkibida suv miqdori ko‘p bo‘lgan meva-sabzavotlarni bunday bo‘lmalarda saqlamang, chunki past harorat tufayli ular muzlashi mumkin.
Elektr tarmog‘ida uzilish bo‘lsa, idoraga sim qoqing va uzilish qanchaga cho‘zilishini so‘rang.
O‘chiq paytida eshigini ochmaslikka harakat qiling.
Elektr ta’minoti tiklangach, oziq-ovqat mahsulotlarining holatini tekshirib ko‘ring.