Yuqoriga > ISHLATISH > Boshqaruv paneli > Boshqaruv paneli va funksiyalar

Boshqaruv paneli va funksiyalar

*1

Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.

Boshqaruv paneli

Tarqatgich boshqaruv paneli

  1. Fridge

    1 °C dan 7 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.

    • Sovutkichning sukut bo‘yicha harorati 3 °C.

    Izoh
    • Joriy ichki harorat jihoz ichidagi oziq-ovqat mahsuloti holatiga qarab o‘zgaradi, chunki ko‘rsatilgan o‘rnatilgan harorat jihozning joriy harorati emas, balki ko‘zlangan haroratidir.

  2. Non Plumbing*1

    Suv taqsimlagich baki to‘g‘ri o‘rnatilganda Non Plumbing tasvirchasi yonasi.

  3. Freezer

    -23 °C dan -15 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.

    • Muzlatish kamerasining sukut bo‘yicha harorati -18 °C.

  4. Self Care*1

    Suv chiqarish tirqishini toza saqlash uchun UB nurlaridan foydalaniladi. UB tozalash funksiyasi har soatda avtomatik tarzda 10 daqiqa ishlaydi yoki uni istalgan vaqtda qo‘lda ishga tushirish mumkin.

    Bu funksiyani yoqish uchun tugmasini 3 soniya davomida bosib turing.

    Izoh
    • Agar u ishlayotgan bo‘lsa, dispenser pedalasi bosilganda bu funksiya vaqtincha to‘xtaydi va 1 soatdan keyin qayta ishga tushadi.

    • Bu funksiya Self Care tugmasi bosilmagan holda har soatda 10 daqiqa davomida avtomatik tarzda ishlaydi.

    • UV tozalash funksiyasi yoqilganida tarqatkich boshqaruv panelidagi LED chirogʻi yonadi.

      • Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.

    • UVnano UV va uning birligi bo‘lgan nanomemtr so‘zidan olingan birikma so‘zdir.

  5. Wi-Fi

    Bu tugma jihozni uydagi Wi-Fi tarmog‘iga ulashga imkon beradi. LG ThinQ ilovasining dastlabki o‘rnatish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun Smart funksiyalar bo‘limiga qarang.

  6. Express Cool

    Bu funksiya sabzavotlar, mevalar kabi katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini tez sovutishi mumkin.

    • Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.

    • Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.

  7. Express Freeze

    Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.

    • Express Freeze tugmasini funksiyani 24 soatga faollashtirish uchun bosing. Ushbu funksiya 24 soatdan keyin avtomatik tarzda oʻchadi.

    • Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.

    • Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.

  8. Ice On/Off

    Avtomatik muz tayyorlagichni Yoqish/Oʻchirish uchun Ice On/Off tugmasini 3 soniya bosib turing.

  9. Lock

    Displeydagi qulf funksiyasi qolgan barcha tugmachalarni oʻchirib qoʻyadi.

    • Boshqaruv paneli tugmalarini qulflab qo‘yish uchun Lock tugmasining chirogʻi yongunicha va funksiya faollashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.

    • Bu funksiyasi o‘chirib qo‘yish uchun Lock tugmasini tugmasinining chirogʻi yongunicha va funksiya faolsizlashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.

  10. Water Filter*1

    Koʻrsatgich chirogʻi yonganida suv filtrini almashtiring.

  11. Craft Ice*1

    Craft Ice tugmasini 6 ICE, 3 ICE yoki Off ni oʻrnatish uchun bosing.

    Izoh
    • Koʻproq muz uchun, 6 ICE rejimini tanlang. Tiniqroq muz uchun esa 3 ICE rejimini tanlaysiz.

    • Craft Ice rejimini oʻzgartirish uchun:

      1. Craft Ice tugmasini bosing va joriy rejim paydo boʻladi.

      2. Craft Ice tugmasini qayta-qayta bosib, istalgan Craft Ice rejimini tanlang.

      3. 5 soniya turib, oxirgi oʻrnatilgan rejim saqlanadi va normal holatiga qaytadi.

  12. Suv va muz turi*1

    Boshqaruv panelidagi tugmalardan kerakli tarqatkich rejimini tanlang. Kublangan muz, suv yoki maydalangan muz chiqarish uchun dispenser pereklyuchatelini shisha yoki boshqa konteyner bilan bosing.

Izoh
  • Koʻrsatilayotgan temperatura - bu qurilma ichidagi maqsadli harorat va jihoz ichidagi haqiqiy temperatura emas.

  • Jihoz ichidagi haqiqiy harorat quyidagi faktorlarga bogʻliq: oziq-ovqat miqdori, eshik qancha vaqt ochilgani, qurilma qayerda joylashgani. Ushbu omillarga qarab haroratni o‘rnating.

  • Jihozni tozalash davomida biror barmoq yoki teri boshqaruv paneliga tegib ketsa, ushbu tugma funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.

  • Oziq-ovqat mahsulotlarini optimal tarzda saqlash uchun bar bir bo‘lma uchun sukut bo‘yicha haroratdan 1 °C oshirish yoki kamaytirish tavsiya qilinadi.