Yuqoriga > ISHLATISH > Avtomatik muz tayyorlagich > Muzlatkich muz tayyorlagichi (Craft Ice)

Muzlatkich muz tayyorlagichi (Craft Ice)

Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.

  1. Shchup

DIQQAT
  • Eshikdagi muz chelagiga yumaloq muz solmang, chunki muz va suv taqsimlagichiga zarar yetqazishi mumkin.

Izoh
  • Muz ishlab chiqarish asbobi jihoz joylashtirilganidan soʻng taxminan 48 soatdan keyin muz ishlab chiqarishni boshlaydi. Birinchi partiyalar yumaloq yoki tiniq boʻlmasligi mumkin.

  • Oʻrnatilgandan soʻng yoki suv filtri alishtirilgach, birinchi bir nechta muz partiyalari yarim doira shaklida yoki ularda havo pufakchalari boʻlishi mumkin.

  • Suv bosimi 20 psi (har bir kvadrat dyumga funt ogʻirligi) 138 kPa dan kam boʻlsa yoki teskari osmos tizimi ishlatilsa, muzning shakli turlicha boʻlishi mumkin.

  • Oʻrnatish joyidagi suvning sifatiga va ishlash sharotiga qarab muz notiniq koʻrinishga ega boʻlishi mumkin.

  • Muz chelagida qolgan muz boʻlakchalarini tashlab yuboring, chunki muz idishida saqlanadigan muzga yopishib qolishi mumkin.

  • Qisqa muddatli elektr uzilishidan soʻng, muzning birinchi partiyasini tayyorlashga koʻproq vaqt ketishi hamda muz yumaloq chiqmasligi mumkin. Agar uzoqroq muddat elektr uzilishi sodir boʻladigan boʻlsa, muz chelagidagi muzni tashlab yuboring.

  • Craft Ice muz tayyorlagichi bir vaqtning oʻzida 1 partiya yumaloq muz (3 dona) ishlab chiqaradi.

  • 3 ICE rejimida, Craft Ice muz tayyorlagichi 1 partiya yumaloq muzni (3 dona) har 24 soatda ishlab chiqaradi. 6 ICE rejimida Craft Ice muz tayyorlagichi 2 partiya yumaloq muzni (jami 6 dona) xuddi shu vaqtda ishlab chiqaradi.

  • Koʻproq muz uchun, 6 ICE rejimini tanlang. Tiniqroq muz uchun esa 3 ICE rejimini tanlaysiz.

  • Ishlash sharoitiga qarab muz tayyorlash uchun kerak boʻladigan vaqt oʻzgarishi mumkin.

  • Muz chelagi 20-30 dona yumaloq muz boʻlaklarini saqlaydi.