Agar faqat maydalangan muzdan foydalanilsa, muz tarnovi muz bo‘laklari bilan to‘silib qolishi mumkin. Muz chelagini chiqarib olish va rezina shpatel bilan yo‘lakchani tozalash orqali to‘planib qolgan muzlarni olib tashlang. Vaqti-vaqti bilan kublangan muzlarni chiqarish ham muzlarning to‘planib qolishining oldini olishga yordam berishi mumkin.
Avtomatik muz tayyorlagichni oʻchiring. Boshqaruv panelidagi Ice On/Off tugmasini bosib 3 soniya ushlab turing.
Uni yuqoriga ko‘tarish orqali avtomatik muz tayyorlagich qopqog‘ini ushlab va chiqarib oling.
Muz chelagini ikki qo‘lingiz bilan ushlang va uni yuqoriga ko‘targan holda tortib oling.
Eshik muz chelagini uni chiqarib olish jarayoniga teskari tartibda qayta joylashtiring.
Avtomatik muz tayyorlagichning mexanik qismlariga qo‘lingiz yoki asboblar bilan tegmang. Aks holda jihoz buzilishi yoki jarohatlanishingiz mumkin.
Avtomatik muz tayyorlagichni qismlarga ajratmang, ta’mirlamang yoki o‘zgartirmang. Bu ishlar faqat xizmat korsatuvchi texnik tomonidan bajarilishi kerak.
Ehtiyot bo‘lish lozim, chunki avtomatik muz tayyorlagich pereklyuchateli yoqilgan holatga o‘rnatilganida muzxona eshigi ochilganidan keyin avtomatik muz tayyorlagich uzluksiz ishlaydi.
Bolalarni dispenserdan uzoqroq saqlang.
Muz chelagini qayta joyiga joylashtirganda uning to‘g‘ri joylashtirilganligiga ishonch hosil qiling. Agar u qiyshayib qolsa yoki notekis o‘rnasa, sensordagi uzilishlar tufayli muz hosil qilish davom ettirilmasligi mumkin.