Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.
Suv filtri har 6 oyda yoki indikator yonganida yoki suv taqsimlagichining chiqarishi kamayganida almashtirilishi kerak.
Almashtirgani yangi filtr sotib olish uchun:
Almashtirish kartrijidan foydalaning: ADQ736939**
Mahalliy dilerga yoki distribyutorga tashrif buyuring yoki LG Electronics Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling. Qo‘shimcha yordam olish uchun lg.com manzilidagi veb-saytimizga tashrif buyuring
Burama mix qopqog‘ini bo‘shating.
Rangli chiziq a ko‘rinadigan bo‘lgunicha trubani suv filtri qopqog‘idan tashaqariga torting.
Trubani suv filtri qopqog‘iga surib kirgizing, uchining to‘liq germetikligiga isonch hosil qiling.
Suv filtridagi rangli chiziq ko‘rinmay qolgunicha vint qopqog‘ini qotiring.
Water Filter tugmasini bosib, uch soniya davomida ushlab turing. Bu Replacement Filter ikonkasini qayta o‘rnatadi. Yangi suv filtri faollashtirildi.
Kirib qolgan havo va ifloslovchi narsalarni tizimdan chiqarib tashlash uchun taxminan 5 daqiqa suv chiqaring.
Burama mix qopqog‘ini chiqarib oling.
Trubani suv filtridan tortib chiqaring.
Trubani suv filtriga surib kirgizing, uchining to‘liq germetikligiga isonch hosil qiling.
Suv filtridagi rangli chiziq ko‘rinmay qolgunicha vint qopqog‘ini kiriting.
Water Filter tugmasini bosib, uch soniya davomida ushlab turing. Bu Replacement Filter ikonkasini qayta o‘rnatadi. Yangi suv filtri faollashtirildi.
Kirib qolgan havo va ifloslovchi narsalarni tizimdan chiqarib tashlash uchun taxminan 5 daqiqa suv chiqaring.
Talab qilingan hollarda filtrni almashtirmaslik yoki LG tomonidan ruxsat berilmagan suv filtrlaridan foydalanish filtr kartrijidan suvning oqib ketishiga va natijada mahsulotning zararlanishiga olib kelishi mumkin.