Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > DIQQAT > Ishlatish

Ishlatish

  • Muzlatgich bo‘lmasidagi muzlagan oziq-ovqat mahsulotlari yoki uning metal qismlariga nam yoki xo‘l qo‘l bilan teginmang. Bu sovuq urishiga sabab bo‘lishi mumkin.

  • Harorati muzlash nuqtasidan pastroq haroratga tushadigan muzxona, tokchalar yoki muz chelagiga shisha idishlar, butilka yoki banka solmang (ayniqsa ichida gazli ichimlik bo‘lsa).

  • Jihoz eshigining old tomonidagi toblangan shisha yoki polkalar ta’sir natijasida shikastlanishi mumkin. Agar u sinsa, unga qo‘llaringiz bilan tegmang.

  • Jihoz eshiklari, kamerasi yoki tokchalariga osilmang yoki ustiga chiqmang.

  • Eshik savatchalarida ortiqcha miqdordagi suv idishlari yoki likopchalar uchun idishlarni saqlamang.

  • Jihoz eshigini ortiqcha kuch ishlatib ochib yopmang.

  • Agar jihoz eshigining oshiq-moshig'i shikastlangan yoki noto'g'ri ishlayotgan bo'lsa, uni ishlatishdan to'xtating va vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

  • Uy hayvonlari elektr kabeli yoki suv chiqadigan rezina quvurni kemirishiga yo'l qo'ymang.

  • Muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatgich bo‘lmasidan olinishi bilanoq iste’mol qilmang.

  • Jihoz eshigini yoki eshikdagi eshikni ochib yopganda qo‘l yoki oyog‘ingiz qisilib qolmasligiga ishonch hosil qiling.